O‘zbekistonda yil boshidan noqonuniy muomaladagi 1,35 million dollar olib qo‘yildi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishProverka dollarov na podlinnost
Proverka dollarov na podlinnost - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini buzish bilan bog‘liq 202 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

TOShKENT, 24-may — Sputnik. Bosh prokuratura huzuridagi departament tomonidan shu yil boshidan huquqbuzarlardan noqonuniy muomalaga kiritilgan 1,35 million dollar va 3,2 milliard so‘m ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

Zdanie Generalnoy prokuraturi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Bosh prokuraturada dori vositalari bilan ta’minlash masalasi tanqidiy muhokama qilindi

Xabarda aytilishicha, tezkor tadbirlar natijasida 20 mingdan ortiq huquqbuzarliklar aniqlanib, 1,3 mingta jinoyatlar fosh etildi va bir mingdan ortiq ma’muriy ishlar yuritildi. Xususan, tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini buzish bilan bog‘liq 202 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Shuningdek, hisoblangan mablag‘lar va aniqlangan zarar miqdori 525,5 milliard so‘mni, undirilgani 160,4 milliard so‘mni tashkil qildi.

Shu jumladan, budjetga 303,3 milliard so‘m qo‘shimcha mablag‘lar hisoblanib, 112,4 milliard so‘mining undirilishi ta’minlandi.

Soha xodimlari tomonidan joylarda qonunchilikda taqiqlanmagan faoliyat bilan davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan shug‘ullanib kelgan shaxslarga huquqiy va amaliy yordam ko‘rsatilishi natijasida 1,3 ming nafar shaxslarning faoliyatiga qonuniy tus berilib, ularda sal kam bir yarim mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Yangiliklar lentasi
0