05:30 19 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Jamiyat
Havola olish
112620

Qoraqalpoq davlat universitetining kimyo-texnologiya kafedrasi mudiri Maxset Ayimbetov mazkur universitet talabalarini darslaridan ozod qildirib, oʻzining fermer xoʻjaligiga dala ishlariga jalb qilgan

TOSHKENT, 5 iyun – Sputnik. Qoraqalpoq davlat universitetining kimyo-texnologiya kafedrasi mudiri va kimyo-texnologiya fakulteti dekani egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Xabar qilinishicha, Qoraqalpoq davlat universitetining kimyo-texnologiya kafedrasi mudiri Maxset Ayimbetov 29 may kuni mazkur universitet kimyo-texnologiya fakultetining neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi taʼlim yoʻnalishi talabalarini darslaridan ozod qildirib, Nukus tumanidagi oʻzining “Shortanbay tangi” fermer xoʻjaligiga dala ishlariga majburiy tusda mehnatga jalb qilganligi haqida “Xabar.uz” saytida maqola eʼlon qilingan.

“Mazkur holatni oʻrganish natijasida aniqlanishicha, haqiqatdan ham Qoraqalpoq davlat universitetining kimyo-texnologiya kafedrasi mudiri M.Ayimbetov talabalarni yordam berish uchun fermer xoʻjaligiga olib borganini va shu kunning oʻzida soat 10:30larda fakultet dekanatining koʻrsatmasiga asosan talabalarni universitetga qaytarib olib kelganini, qilgan ishidan pushaymon ekanini maʼlum qilgan”, - deyiladi xabarda.

Vazirlik axborot xizmatining maʼlum qilishicha, kafedra mudiri M.Ayimbetov hamda kimyo-texnologiya fakulteti dekani R.Kurbaniyazov 2 iyun kuni egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Asosiy mavzular