21:43 19 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Flag radikalnoy islamistskoy organizatsii IGIL

Samarqand viloyatida ekstremizm taʼsiriga tushgan 200dan ortiq shaxs qidirilmoqda

© Sputnik / Andrey Stenin
Jamiyat
Havola olish
428 0 0

Samarqand viloyatida diniy ekstremizm gʻoyalari taʼsiriga tushib qolib maxsus hisobda turgan 1 623 fuqaro roʻyxatdan chiqarilgan.

TOSHKENT, 7 iyun – Sputnik. Samarqand viloyatida diniy ekstremizm gʻoyalari taʼsiriga tushib qolgan 241 nafar shaxs qidirib kelinayotgan edi. Soʻnggi 5 oy ichida ularning oila aʼzolari bilan oʻtkazilgan targʻibot va tezkor qidiruv tadbirlari natijasida 15 nafari yashash manzillariga qaytarilgan, 13 nafari afv etilgan.

Bu haqda Samarqand shahridagi kontsert zalida oʻtkazilgan “Biz diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz” mavzusidagi davra suhbatida aytildi, deb yozadi zarnews.uz.

Taʼkidlanishicha,  Samarqand viloyatida diniy ekstremizm gʻoyalari taʼsiriga tushib qolib maxsus hisobda turgan 1 623 fuqaro roʻyxatdan chiqarilgan.

Joriy yilning oʻtgan davrida 11 ta diniy ekstremizm va terrorizm bilan bogʻliq jinoyat aniqlanib, 12 nafar shaxsga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.

Ularning 8 nafari pul topish maqsadida xorijga borib, internet orqali ekstremistik guruhga qoʻshilgan, 4 nafari esa diniy aqidaparastlikni targʻib qilgan.

Asosiy mavzular