23:29 13 Noyabr 2018
Efir
  • RUB121.79
  • EUR9374.66
  • USD8271.27
Imennaya lojka uchastnika VOV Jaynaka Xalmatova

Kaliningradda oʻzbek soldati 73 yil oldin yoʻqotgan qoshiq topildi

Poiskovoye dvijeniye Kaliningradskoy oblasti
Jamiyat
Havola olish
177192

Qoshiq egasi Kaliningrad uchun boʻlgan janglarda ishtirok etgan va tirik qolgan boʻlish ehtimoli katta, - deyishmoqda qidiruvchilar.

TOSHKENT, 2 iyul — Sputnik, Galina Naumova. Kaliningradda Nikolay Kisil boshchiligidagi Ikinchi jahon urushi jang maydonlarida qidirish ishlari olib bordigan koʻngilli qidiruvchilar otryadi oʻzbek soldati 73 yil oldin yoʻqotgan qoshiqni topildi.

Ular ushbu buyumni askarning qarindoshlariga berishmoqchi.

Qizigʻi shundaki, ushbu qoshiqda askarning ismi va familiyasi hamda manzili toʻliq yozilgan.

“Bu juda noyob topilma. Oldin hech bir qidiruvchiga bunaqasi uchramagan. Bunday kichik buyumga shuncha maʼlumotni qanday qilib sigʻdirish mumkin. Biz ushbu qoshiqning egasi Jaynak Xolmatovni va uning yaqinlarini topib qoshiqni askarning oilasiga berishga tayyormiz”, — deydi Kisil.

Ushbu topilma Tropinino nomli aholi punkti yonida topilgan. Bu yerda 1945 yilning mart oyida oʻta ogʻir janglar boʻlib oʻtgan. Bu joy muhim transport tuguni boʻlgani uchun nemislar uni juda kuchli himoya qilishgan. Sovet askarlari bu yerni olish uchun kamida ikki oy kurashgan. Janglarda 4 mingdan ortiq nemis askarlari yoʻq qilingan, 6 tank, 600 toʻplar, 30 minomet va 128ta pulemyot oʻlja olingan.

Imennaya lojka uchastnika VOV Jaynaka Xalmatova
Poiskovoye dvijeniye Kaliningradskoy oblasti
Imennaya lojka uchastnika VOV Jaynaka Xalmatova

Qidiruvchilar otryadi rahbari aytishiga qaraganda, dom-daraksiz yoʻqolgan askarlarni qidirish oʻta mushkul ish. Faqatgina uning yonida orden va medallari boʻlsa, ularning nomeriga qarab askarning ismi familiyasini bilib olish mumkin.

Qidiruvchilar otryadi Pyatidorojnoye aholi punkti yonida bir necha dom-daraksiz yoʻqolgan askarlar jasadlarini topishgan. Ularning ikki nafarini ismi familiyasi aniqlangan: askarlar Kamash Bekmuxambetov va Vasiliy Xobotov. Ularning qoldiqlari qarindoshlari yoniga Qozogʻiston va Belarusga joʻnatilgan.

Ekspeditsiya davomida topilgan buyumlar orasida ushbu qoshiq ham topilgan. Unda dastlab faqat “Samarqand” va “Xalmatov” nomli yozuvlar koʻzga tashlangan. Yaxshilab tozalanganidan keyin esa “Samarqand viloyati, Poyariq rayon, Burkut posyolkasi”  degan yozuv koʻringan.

Yozuvni oʻqishda qidiruvchilar rahbari Nikolay Kisil yordam bergan, chunki uning oʻzi Oʻzbekistonda 38 yil yashagan va joylar nomlari bilan tanish.

Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi maʼlumotga asosan, qurbonlar orasida Jaynak Xalmatovning ismi yoʻq, demak u urushda tirik qolgan boʻlishi ehtimoli katta.

“Ayni damda biz askarning ushbu buyumini qaytarish maqsadida Oʻzbekistondan Jaynak Xalmatovning yaqinlarini qidirmoqdamiz. Biz Kaliningrad uchun janglarda oʻz yaqinlarini bedarak yoʻqotgan oʻzbekistonliklarga yordam berishga tayyormiz”, — deyishadi qidiruvchilar.

Kaliningrad viloyatida qidiruvchilar otryadlari 20 yildan beri faoliyat olib boradi. Bugungi kunda ularning soni 136 kishiga yetgan.

Uchastniki obщestvennoy organizatsii Poiskovoye dvijeniye Kaliningradskoy oblasti vo vremya raskopok
Poiskovoye dvijeniye Kaliningradskoy oblasti
Uchastniki obщestvennoy organizatsii "Poiskovoye dvijeniye Kaliningradskoy oblasti" vo vremya raskopok

Asosiy mavzular