O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining ayrim tuzilmalari tugatildi

© Press-slujba prezidenta RTKabinet ministrov Uzbekistana
Kabinet ministrov Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalarining rahbar va mutaxassislari egallab turgan lavozimiga munosib ekanini baholash maqsadida attestatsiyadan o‘tkaziladi.

TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. "O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasini takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi prezident qarori imzolandi, deb xabar qildi Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali.

Gazoviy elektronniy schetchik - Sputnik O‘zbekiston
Vazirlar Mahkamasi qarzdorlarga bir qancha taqiqlar qo‘ydi

Qarorga muvofiq:

Vazirlar Mahkamasining apparatining asosiy yo‘nalish va vazifalari belgilandi;

Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasidagi Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti, Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari axborot-tahlil departamenti va Ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamenti tugatildi;

Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasida Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik jihatdan ta’minlash masalalari bo‘limi tashkil qilindi va Bosh vazir apparatining, Kommunal soha, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamentining tegishli shtat birliklari ushbu bo‘lim tuzilmasiga o‘tkazildi;

Elektron hukumat telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari axborot-tahlil departamenti, Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti hamda Ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari axborot-tahlil departamenti tashkil qilindi;

Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasini optimallashtirish maqsadida boshqaruv xodimlari soni 44 nafarga qisqartiriladi;

Vazirlar Mahkamasi apparatining ma’lum ilmiy darajalarga ega xodimlariga lavozim maoshining 30-35 foizi miqdorida oylik ustama to‘lanadi;

ikki oy muddat ichida Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalarining rahbar va mutaxassislari egallab turgan lavozimiga munosib ekanini baholash maqsadida attestatsiyadan o‘tkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0