08:48 05 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
749 0 0

Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent viloyatida pora olish bilan shugʻullanayotgan taʼlim sohasidagi rahbarlarni qoʻlga olish uchun reyd oʻtkazdi

TOSHKENT, 10 iyul — Sputnik. Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Yunusobod tumani Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 247-sonli umumtaʼlim maktabi direktori Tulametova fuqaro Almasovadan farzandini maktabning 1-sinfiga oʻqishga qabul qilish evaziga 500 ming soʻm pora olayotgan vaqtda qoʻlga olindi, deb xabar qildi "Oʻzbekiston 24" telekanali.

Toshkent milliy hunarmandchilik kasb-hunar kolleji direktorining maʼnaviy-marifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Vahobova esa oʻqishni oliaviy sharoitlar tufayli tamomlay olmagan Qoraboyevga mazkur kollejni bitirganlik toʻgʻrisidagi diplomni rasmiylashtirib berish evaziga undan 400 ming soʻm olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

"Vahobova maʼnaviy-marifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosar boʻla turib yoshlarimizni shu yoʻlga boshlashini qanday izohlash mumkin?", — deya savol beriladi kadr ortida.

Teledasturda taʼlim dargohidagi poraxoʻrlik hatto oʻquvchilarga ham oʻtayotgani alohida taʼkidlab oʻtiladi.

"Ustozim shu ishni qilgandan keyin men ham shunga qoʻl ursam degan fikr hali ongu-shuuri toʻliq shakllanmagan bola xayolidan oʻtadida", — deydi reportaj muallifi.

Xususan, Chilonzor tuman tibbiyot kolleji talabasi mazkur kollejda oʻqituvchi boʻlib ishlovchi tanishi Malikov orqali fuqaro Malikovani ikkinchi mutaxassisligi boʻyicha ushbu kollejga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga undan 500 AQSH dollarini pora tariqasida olayotgan vaqtida departament xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Asosiy mavzular