00:37 23 Yanvar 2019
Efir
  • RUB126.33
  • EUR9518.45
  • USD8378.18
Uchastok izgotovleniya toplivnыx tabletok dioksida urana

Oʻzbekistonda  Atom energetikasini rivojlantirish agentligi tashkil etiladi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev
Jamiyat
Havola olish
Oʻzbekistonda atom elektrostantsiyasi qurilishi (12)
295 0 0

"Oʻzatom" atom energetikasini rivojlantirish va undan foydalanish sohasidagi yagona davlat siyosati hamda strategik yoʻnalishlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun javobgar davlat idorasi boʻladi.

TOSHKENT, 20 iyul - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzolagan farmonga muvofiq Vazirlar Mahkamasi huzurida Atom energetikasini rivojlantirish agentligi (“Oʻzatom”) tashkil etiladi.

"Hozirgi vaqtda respublika iqtisodiyoti va aholisining energiya resurslariga boʻlgan ehtiyoji energiyaning qayta tiklanmaydigan manbalaridan, jumladan, resurslari cheklangan uglevodorod xom ashyolaridan ustun darajada foydalanish hisobiga qoplanmoqda. Vaholanki, mamlakatda uran xom ashyosining ulkan zaxirasi boʻla turib, amalda atom energetikasi salohiyati ishga solinmagan", - deyiladi hujjatda.

Farmonga muvofiq, "Oʻzatom" atom energetikasini rivojlantirish va undan foydalanish sohasidagi yagona davlat siyosati hamda strategik yoʻnalishlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun javobgar davlat idorasi boʻladi.

Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, atom energetikasi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, sanoat va ekologiya xavfsizligining xalqaro talablariga javob beradigan zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalarni joriy etgan holda, atom energetikasi obʼyektlarini loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish boʻyicha bitimlar va shartnomalar tuzish, atom fani va yadro texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni, fundamental tadqiqotlar, ilmiy-qidiruv, tajriba-konstruktorlik va innovatsion ishlar loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish, ilgʻor texnologiyalarni joriy etish, respublikadagi obʼyektlarning radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizligi tizimini boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda yadro avariyalari va radiatsiyaviy avariya vaziyatlarining oldini olish boʻyicha tadbirlar rejasini ishlab chiqqan holda takomillashtirish kabilar agentlikning asosiy faoliyat yoʻnalishlari hisoblanadi.

“Oʻzatom” agentligi huzurida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspektsiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar vakillari, shuningdek, atom energetikasini rivojlantirish sohasidagi xalqaro ekspertlar tarkibiga kiritilgan Ilmiy-texnik va ekspert kengashi tashkil etiladi.

Prezident Vazirlar Mahkamasiga 2018 yil 1 oktyabrga qadar muddatda “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish va Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish vazifasini topshirdi.

“Oʻzatom” agentligi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2018 yil 20 dekabrga qadar – 2019-2029 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish kontseptsiyasi loyihasi, 2019 yil 1 iyunga qadar – ishlab chiqilgan Kontseptsiyaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalari portfeli va 2019 yil 1 noyabrga qadar – 2019-2029 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish davlat dasturi loyihasini shuningdek, Kontseptsiya va Dasturning oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarning ishlab chiqilishini va tasdiqlash uchun kiritilishini taʼminlashi lozim.

Mavzu:
Oʻzbekistonda atom elektrostantsiyasi qurilishi (12)

Asosiy mavzular