06:31 17 Avgust 2018
Efir
  • RUB115.07
  • EUR8888.62
  • USD7790.20
Axmedxadjayev Azim Israilovich

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimidan ozod etildi

© http://kommersant.uz
Jamiyat
Havola olish
154 0 0

Axmedxadjayev shu yilning fevralida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimiga tasdiqlangandi.

TOSHKENT, 9 avg – Sputnik. Azim Axmedxadjayev boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimidan ozod etildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

“Raqamli iqtisodiyot Oʻzbekiston taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Uni amalga oshirish sohasidagi vakolatli organ sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi raqamli iqtisodiyot va blokcheynni rivojlantirish boʻyicha yangi blok tashkil qilmoqda. Davlatimiz rahbari farmoni bilan ushbu blokni Azim Axmedxadjayev boshqaradi”, deyiladi vazirlik axborotida.

Eslatib oʻtamiz, Axmedxadjayev shu yilning fevralida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimiga tasdiqlangandi.

Asosiy mavzular