13:01 17 Oktyabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9490.14
  • USD8208.04
Musor na poligone tverdыx bыtovыx otxodov

Ohangaron tumanida chiqindi poligonidan biogaz olib, elektr energiyasi ishlab chiqariladi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy
Jamiyat
Havola olish
13001

Loyiha natijasida 16 megavatt yoki 10 mingta xonadon isteʼmoli uchun yetarli elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

TOSHKENT, 9 avg - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 avgust kuni atrof-muhitni muhofaza qilish, maishiy chiqindilarni yigʻish va qayta ishlash tizimini rivojlantirish boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, mazkur yoʻnalishdagi ishlar hali yetarli emasligi, yana qator chora-tadbirlar amalga oshirilishi zarurligi taʼkidlandi.

“Aholini chiqindi tashish xizmati bilan 100 foiz qamrab olish uchun yana 500 ta maxsus texnika sotib olish, sohada davlat-xususiy sheriklik yoʻnalishini keng joriy etish, aholidan toʻlovlarni Majburiy ijro byurosi tomonidan yigʻish boʻyicha topshiriqlar berildi”, - deyiladi xabarda. 

Xabarga koʻra, Ohangaron tumanida Janubiy Koreyaning “Sejin” kompaniyasi bilan hamkorlikda 55 million dollarlik loyiha boshlangan boʻlib, ushbu loyiha natijasida chiqindi poligonidan biogaz olib, 16 megavatt yoki 10 mingta xonadon isteʼmoli uchun yetarli elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

“Sohada dunyo tajribasida keng qoʻllanilayotgan “ifloslantiruvchi toʻlaydi” tamoyili asosida yangi tartib joriy qilish kerak. Yaʼni mahsulotdan hosil boʻladigan chiqindini utilizatsiya qilish uni ishlab chiqaruvchi korxonalar hisobidan qoplanishi lozim. Bu xarajatlarning odamlarga ogʻirligi tushmasligi kerak”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Hududlarni ifloslantirganlik uchun javobgarlikka tortishning taʼsirchan mexanizmlarini yaratish boʻyicha qonun loyihasi ishlab chiqish zarurligi taʼkidlandi.

Yigʻilishda mutasaddi rahbarlarning axboroti tinglanib, tegishli topshiriqlar berildi.

 

Asosiy mavzular