06:31 17 Avgust 2018
Efir
  • RUB115.07
  • EUR8888.62
  • USD7790.20
Shavkat Mirziyoyev provel soveщaniye po chistote territoriy i zdorovyu naseleniya

Mirziyoyev: Toshkent shahri mahalliy byudjetida bu yil 1,5 trillion soʻm mablagʻ qoldiriladi

Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
20202

2018 yilda Toshkent shahrida prognozga nisbatan 2 trillion soʻmga koʻp soliq tushib, mahalliy byudjetda 1,5 trillion soʻmi qolishi kutilmoqda. Bu 2017 yilga nisbatan 10 barobar koʻpdir

TOSHKENT, 10 avg - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev toʻplanib qolgan muammolarni hal qilish va odamlarning maishiy sharoitlarini yaxshilash uchun Toshkent shahri mahalliy byudjetida 2018 yilda 1,5 trillion soʻm mablagʻ qoldirilishini maʼlum qildi, deb xabar berdi prezident matbuot xizmati.

U bu haqda 10 avgust kuni Shayxontohur tumani iqtisodiyotini rivojlantirish, uy-joy-kommunal sohadagi muammolarni hal qilish boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilishda aytib oʻtdi.

“Toshkentga hech qachon buncha pul berilmagan. Biz nega 1,5 trillion soʻmni shaharning oʻzida qoldiryapmiz? Toʻplanib qolgan muammolarni hal qilish uchun, odamlarning maishiy sharoitlarini yaxshilash, uy-joylar, bogʻchalar qurish, ish oʻrinlari yaratish uchun. Endi joylardagi rahbarlar ham oʻzini qiynashi, sadoqat bilan ishlashi kerak. Chetdan kelib hech kim hech qachon qilib bermaydi”, -  dedi prezident.

2018 yilda Toshkent shahrida prognozga nisbatan 2 trillion soʻmga koʻp soliq tushib, mahalliy byudjetda 1,5 trillion soʻmi qolishi kutilmoqda. Bu 2017 yilga nisbatan 10 barobar koʻpdir.

Asosiy mavzular