TOSHKENT, 12 sen – Sputnik. Oʻzbekiston Tovar xom-ashyo birjasi matbuot xizmati xabariga koʻra, 5 sentyabrdan 8 sentyabrgacha auktsionda qiymati 2 mlrd. soʻmdan “chiroyli” avtoraqamlar sotilgan.
Sotilgan avtomobil raqamlarining umumiy soni 638tani tashkil qilgan. Ulardan 21 % - Birinchi toifali, 24 % - ikkinchi toifali va 55 % - uchinchi toifali avtomobil raqamlaridir.
Xabarda aytilishiga koʻra, eng koʻp chiroyli raqamlar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida sotilgan. Umumiy savdo hajmida ushbu hududning ulushi 19 %ga teng.
Ikkinchi oʻrinda Fargʻona viloyati 12 % ulush bilan joylashdi. Uchinchi oʻrin Namangan boʻlib, uning ulushi 10 %. Boshqa hududlarning ulushi 59 %ni tashkil qildi.