05:22 23 Sentyabr 2018
Efir
  • RUB118.05
  • EUR9347.75
  • USD8039.00
Nijniy Novgorod

Toshkent-Nijniy Novgorod xalqaro avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko
Jamiyat
Havola olish
225 0 0

Yoʻlovchilar “Vanhool” rusumli avtobuslarda manzilga yetkaziladi.

TOSHKENT, 14 sen – Sputnik. “Toshkent-Nijniy Novgorod” yoʻnalishida 14 sentyabridan boshlab avtobuslar qatnov yoʻlga qoʻyiladi.

Ushbu yoʻnalishda Oʻzbekiston tomondan tashuvchi “Uzkaz Avto Trans” MCHJ, Rossiya tomonidan esa “Panyushkin S.Yu.” xizmat koʻrsatadi.

Yoʻlovchilar “Vanhool” rusumli avtobuslarda manzilga yetkaziladi.

Yoʻnalish masofasi 3 ming km. Qatnovga sarflanadigan umumiy vaqt 61 soatni tashkil qiladi.  

Yoʻnalish “Gʻisht koʻprik” (Oʻzbekiston), “Jibek Joli” (Qozogʻiston), “Sagarchin” (Rossiya) nazorat oʻtkazish maskanlari orqali amalga oshiriladi.

Asosiy mavzular