14:44 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
127 0 0

Samuel Braunbek oʻtgan vaqt davomida Oʻzbekistonda amalga oshirilgan diniy sohadagi ishlarga yuqori baho berdi.

TOSHKENT, 19 sen - Sputnik. Kecha 18 sentyabr kuni AQShning xalqaro diniy erkinlik sohasidagi maxsus topshiriqlar boʻyicha elchisi Samuel Braunbek boshchiligidagi delegatsiya Diniy idoraga keldi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi. 

U yerda Samuel Braunbek Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari ushbu martabali mehmon bilan muloqot oʻtkazdi. 

Uchrashuv avvalida Oʻzbekiston muftiysi Respublikada diniy ibodatlarni, maʼraka marosimlarni emin-erkin va tinchlik-osoyishtalikda ado etib kelinayotgani hamda yurtimizdagi xayrli islohotlar, ulkan ijrootlar va ilgʻor tashabbuslar haqida soʻzlab berdi. 

Vstrecha posla SSHA po religioznыm delam v komitete Musulman Uzbekistana
Vstrecha posla SSHA po religioznыm delam v komitete Musulman Uzbekistana

Elchi Samuel Braunbek janoblari oʻtgan vaqt davomida Oʻzbekistonda amalga oshirilgan diniy sohadagi ishlarga yuqori baho berdi. Shuningdek, inson haq-huquqlari muqaddas ekani, ayni paytda bu masala mamlakatlar manfaati uchun katta xizmat qilishini alohida taʼkidladi.

Martabali mehmon “Hazrati Imom” majmuasidagi tarixiy obidalar, “Hazrati Usmon Mushafi”ni ziyorat qildi va “Baraqxon” madrasasidagi hunarmandchilik ishlari bilan tanishdi. Uchrashuv doʻstona va samimiy ruhda oʻtdi.

Vstrecha posla SSHA po religioznыm delam v komitete Musulman Uzbekistana
Vstrecha posla SSHA po religioznыm delam v komitete Musulman Uzbekistana

Asosiy mavzular