14:54 22 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s predsedatelem Senata Frantsii

Shavkat Mirziyoyev Frantsiya Senati raisi bilan uchrashdi

© press-slujba prezidenta
Jamiyat
Havola olish
Shavkat Mirziyoyevning Frantsiyaga tashrifi (11)
87 0 0

Frantsiya Senatida Oʻzbekiston yaxshi qoʻshnichilik, hamkorlik va manfaatlarni oʻzaro hisobga olish tamoyillariga asoslangan konstruktiv mintaqaviy siyosat olib borayotganini alohida taʼkidladi.

TOSHKENT, 9 okt – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 8 oktyabr kuni Parij shahrida Frantsiya Respublikasi Senati Raisi Jerar Larshe bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Oʻzbekiston prezidenti Senat raisini samimiy qutlar ekan, unga oʻzbek va frantsuz tillarida chop etilgan Frantsiya Konstitutsiyasining ilk nusxasini sovgʻa qildi.

Frantsiya Senati Raisi mamlakatimizda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, aholi farovonligini oshirish va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohot va yangilanishlarni yuksak baholadi.

Oʻzbekiston yaxshi qoʻshnichilik, hamkorlik va manfaatlarni oʻzaro hisobga olish tamoyillariga asoslangan konstruktiv mintaqaviy siyosat olib borayotganini alohida taʼkidladi.

Shavkat Mirziyoyev mamlakatlarimiz parlamentlari oʻrtasidagi hamkorlik ulardagi doʻstlik guruhlari ishi tufayli ancha faollashganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Oʻzbekiston prezidenti Frantsiya Senatining tarixiy binosini koʻzdan kechirdi.

Aytish joizki, bugungi kunda Oʻzbekiston Oliy Majlisining ikkala palatasida ham Frantsiya parlamenti bilan hamkorlik guruhlari tashkil etilgan. Frantsiya Senatida “Frantsiya – Markaziy Osiyo” parlamentlararo guruhi, quyi palata – Milliy assambleyada “Frantsiya - Oʻzbekiston” doʻstlik guruhi faoliyat yuritmoqda. Ushbu aloqalar Oʻzbekiston va Frantsiya xalqlari oʻrtasida turli sohalardagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Mavzu:
Shavkat Mirziyoyevning Frantsiyaga tashrifi (11)

Asosiy mavzular