03:54 17 Oktyabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9490.14
  • USD8208.04

Maktab oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish boʻyicha loyiha ishga tushdi

© Sputnik / Alexandr Polegenko
Jamiyat
Havola olish
208 0 0

Ota-onalari farzandlari kelajakda qanday kasb egasi boʻlishini hal qilishi sabali, yosh kadrlarning aksariyati kelajakda ishlamaydigan, ishlasa ham huzur olmaydigan mutaxassislikni egallashadi.

TOSHKENT, 11 okt – Sputnik. Toshkent shahridagi 9-sinf oʻquvchilarini kasb-hunarga yoʻnaltirish boʻyicha tajriba loyihasi ishga tushdi deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Hukumati portali.

“MyWay Proforientation” kasb-hunarga yoʻnaltirish va rivojlantirish markazi hamda Xalq taʼlimi vazirligi koʻmagida Toshkent shahrida tashkil qilingan ushbu loyiha tajriba tariqasida ilk bor Toshkentdagi bir necha maktabning 9-sinf oʻquvchilari orasida tajriba sifatida oʻtkazilmoqda.

“Amaliyotning koʻrsatishicha, aksariyat hollarda oʻsmirlarning ota-onalari farzandlarining qiziqishi va qobiliyatlarini hisobga olmasdan, ularning kelajakda qanday kasb egasi boʻlishini hal qilishadi. Natijada, bitiruvchilarning aksariyati oʻz vaqti va pulini baribir kelajakda ishlamaydigan, ishlasalar ham huzur olmaydigan mutaxassislikni egallashadi”, - deyilgan xabarda.

Kasb-hunarga yoʻnaltirilgan loyiha oʻquvchilarga shaxsiy xususiyatlarini, qiziqishlari va qobiliyatlarini aniqlash imkonini beradi hamda mazkur maʼlumotlarga tayanib, ularning shaxsiy imkoniyatlariga mos keluvchi kasbni tanlash imkonini beradi.

“Ishonamanki, qanchalik koʻproq insonlar oʻz ishidan zavqlanib ishlasa, ular buni yanada samarali amalga oshirishadi, Oʻzbekiston iqtisodiyotining oʻsishi yanada tezlashadi!”, - dedi “MyWay Proforientation” MCHJ direktori Vyacheslav Kan.

Xabarda aytilishiga koʻra, dastlabki bosqichda Kasb-hunarga yoʻnaltirish loyihasi poytaxtdagi beshta maktabni qamrab oladi. Kelgusida Xalq taʼlimi vazirligi va “MyWay Proforientation” kompaniyasi poytaxtdagi barcha maktablarni qamrab olishni rejalashtirmoqda.

Asosiy mavzular