08:57 22 Mart 2019
Efir
  • RUB129.09
  • EUR9488.13
  • USD8378.04
Pamyatnik pervomu prezidentu Uzbekistana Islamu Karimovu na ulitse Bolshaya Polyanka v Moskve.

Lola Karimova Moskvada ochilgan yodgorlik haqida oʻz fikrlarini bildirdi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina
Jamiyat
Havola olish
59910

Bugun Moskvada Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov haykali ochildi.

TOSHKENT, 18 okt – Sputnik. Moskva shahri markazida joylashgan xiyobonda Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovga oʻrnatilgan haykalning rasmiy ochish marosimi boʻlib oʻtdi. 

Lola Karimova-Tillayeva Facebook’dagi oʻz sahifasida bu haqda post yozdi.

Unga koʻra, Moskvadagi yodgorlik hamda Islom Karimov nomi bilan atalgan xiyobon anʼanalar va madaniyatning betakror uygʻunligini, shu bilan birga, davr shiddatini aks ettiradi.

“Bizning vazifamiz ushbu xiyobonga tashrif buyurgan har bir insonda mehmondoʻstligi va koʻp asrlik boy madaniyati bilan shuhrat qozongan oʻzbek zaminiga qadam qoʻyish hissini uygʻotishdan iborat boʻldi. Taʼbir joiz boʻlsa, bu orqali ona Vatanga muhabbat tarannum etildi. Bizning ijodiy maqsadimiz ushbu maskanni oʻzbek xalqining milliy oʻzligi va qadim tarixi timsoliga aylantirish hamdir. Biz uchun xiyobon va mahobatli yodgorlik shahar muhiti va ruhiga uygʻun boʻlishi ham muhim ahamiyat kasb etadi”, — deb yozgan Lola Karimova-Tillayeva.

Lola Karimova-Tillayeva Karimov Fondi nomidan Rossiya Federatsiyasining prezidenti Vladimir Putin, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Moskva shahri meri Sergey Sobyanin, Rossiya Federatsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasining hukumatlari, Oʻzbekiston prezidenti maʼmuriyati, Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Oʻzbekistonning Rossiya, Belarus Respublikasi va Germaniyadagi elchixonalariga minnatdorlik bildirgan.

Asosiy mavzular