20:57 19 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Prezident Rossiyskoy Federatsii Vladimir Putin pribыl v Tashkent

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni kutib oldi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana.
Jamiyat
Havola olish
Vladimir Putinning Oʻzbekistonga davlat tashrifi (31)
50410

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston rahbari kutib oldi.

TOSHKENT, 19 okt – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonga keldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston rahbari kutib oldi. Prezidentlar shu yerda qisqa suhbat oʻtkazdi.

Tashrifning asosiy tadbirlari 19 oktyabr kuniga belgilangan.

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, oʻzaro manfaatli hamkorlik doirasida yangi qoʻshma loyiha va dasturlarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qiladi, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashadi.

Tashrif yakunida davlat rahbarlarining Qoʻshma bayonoti qabul qilinishi, yigirmata hujjat imzolanishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Oʻzbekiston va Rossiyaning yetakchi kompaniyalari hamda sanoat korxonalari oʻrtasida yirik investitsiya va savdo shartnomalari imzolanishi koʻzda tutilgan.

Mavzu:
Vladimir Putinning Oʻzbekistonga davlat tashrifi (31)

Asosiy mavzular