09:14 05 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
38110

Hozirgi kunda bu yerda Turkiston va Yunusobod stantsiyalari hamda ular oraligʻida tunnelni qurish ishlari olib borilmoqda.

TOSHKENT, 26 okt - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 26 oktyabr kuni Yunusobod tumanida metropoliten qurilish ishlarining borishini koʻzdan kechirdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Hozirgi kunda Turkiston va Yunusobod stantsiyalari hamda ular oraligʻida tunnelni qurish ishlari olib borilmoqda. 

Ushbu tunnelni yopiq usulda qazish uchun Germaniyadan “Xerrenktnext” kompaniyasining mexanizatsiyalashgan majmuasi keltirilgan.

Bu ulkan texnika may-sentyabr oylari davomida yigʻilgan. Soha mutaxassislari Germaniyada malaka oshirib keldi. Koʻprik qurilish tresti tomonidan tunnel devorlarini mustahkamlovchi tyubinglar ishlab chiqarish tsexi ishga tushirildi.  

Hozirgi kunda tunnel qazish ishlari boshlab yuborilgan. 

Prezident ushbu texnik majmuani koʻzdan kechirdi. Mutasaddilarga metro stantsiyalarining tashqi koʻrinishi va infratuzilmasi boʻyicha tavsiyalar berdi. 

Transport kommunikatsiyalarini qurishda shaharning kelgusi rivojini hisobga olish, hamma uchun qulay boʻlishini taʼminlash zarurligini taʼkidladi.

Asosiy mavzular