05:47 19 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Jamiyat
Havola olish
58310

“Body camera” boʻyicha tender hujjatlari ekspertizadan oʻtish uchun topshirilgan.

TOSHKENT, 31 okt - Sputnik. Bugun oʻtkazilgan brifingda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Azizxon Umarxonov YPX xodimlarini “Body camera” bilan taʼminlash masalasi boʻyicha texnik topshiriq ishlab chiqilganligi va tasdiqlanganligini maʼlum qildi. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabar qildi.

“Body camera” boʻyicha barcha tender hujjatlari ekspertizadan oʻtish uchun topshirilgan.

Yaqin kunlarda tender eʼlon qilinadi. Hisob-kitoblarga koʻra, Toshkent shahrida nafaqat YPX, balki post patrul va profilaktika inspektorlari ham “Body camera”lar bilan taʼminlanadi.

Umarxonovning soʻzlariga koʻra, “Body camera” tizimi 2019 yil mart oyidan ishga tushirilishi kutilmoqda.

 “Kamerani taqib olgan xodim butun xizmat davomida uni yecha olmaydi. Agar yechib qoʻysa, yoki kamera 5 daqiqadan ortiq harakatsiz qolsa, darhol markazga xabarnoma yetib keladi. Bular texnik topshiriq ishlab chiqishda koʻzda tutilgan”, - deb qoʻshimcha qildi Umarxonov.   

Asosiy mavzular