O‘zbekiston Senati delegatsiyasi Rossiyaga tashrifi buyuradi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSenat Oliy Majlisa Uzbekistana
Senat Oliy Majlisa Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati delegatsiyasi 6—8 noyabr kunlari Rossiyaga tashrifi buyuradi.

TOShKENT, 6 noya – Sputnik. 2018-yilning 6—8 noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasida bo‘ladi, - deb xabar qilmoqla Tashqi Ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Senat delegatsiyasi tashrifi dasturidan Moskvada Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi palatalari rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazish, Oliy Majlis Senati va Federal Majlisning Federatsiya Kengashi hamkorligi bo‘yicha Komissiya majlisi, savdo-iqtisodiy sohada O‘zbekiston—Rossiya hamkorligini mustahkamlashga bag‘ishlangan ikki davlat biznes vakillarining Savdo-sanoat palatasidagi davra suhbatida ishtirok etish o‘rin olgan.

Shuningdek, Rossiyada istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazish ham rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0