04:41 16 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Sobaki

Oliy Majlis hayvonlarni himoya qilish haqidagi petitsiyani koʻrib chiqadi

© Sputnik / Igor Podgornыy
Jamiyat
Havola olish
146 0 0

Oʻzbekistonda shu vaqtga qadar hayvonlarni odamlarning shafqatsiz munosabatida himoya qiluvchi qonun boʻlmagan.

TOSHKENT, 25 noya – Sputnik. Mening Fikrim tashabbuslar saytida qoldirilgan murojaatnoma (petitsiya) 10 000 dan koʻp ovoz toʻpladi, endi Oʻzbekiston  Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hayvonlarni shafqatsiz munosabatdan himoya qilish haqidagi qonun loyihasini ham koʻrib chiqadi.

“Oxirgi vaqtda Oʻzbekistonda koʻplab progressiv qonunlar qabul qilindi, lekin bizning mamlakatda shu vaqtga qadar hayvonlar va odamlar orasidagi munosabatni belgilovchi qonun boʻlmagan. Shu sabab hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabat, aybdorlarni jazoga tortish mexanizmining yoʻqligi – bugungi kunning qaygʻuli haqiqatidir”, - deb yozgan petitsiya tashabbuskorlari.

Shuningdek,  bugungi kunda qarovsiz qoldirilgan uy hayvonlarining nazoratsiz koʻpayishi, ularning qarovsiz daydib yurishi, qarovsiz qolgan uy hayvonlarini vaqtincha saqlash punktlarining yoʻqligi kabi holatlarga qarshi kurashish uchun qonuniy asos kerak.

Petitsiya mualliflari fikriga koʻra, qabul qilinadigan qonun quyidagilarni nazarda tutishi kerak:

  • Hayvonlarni himoya qilish toʻgʻrisida qonun qabul qilish;
  • Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlganlarga nisbatan javobgarlik chorlarini kuchaytirish;
  • Uysiz qolgan hayvonlarning koʻpayishini nazorat qilish dasturini qabul qilish;
  • Uysiz havonlarning qonuniy mavqeini belgilash va ularni vaqtincha saqlash punktlari ochish;

Asosiy mavzular