23:54 24 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Lola Karimova-Tillyayeva na vruchenii premii The Best Award v Parije

Lola Karimova LGBT-oʻsmirlarga yordam qiluvchi tashkilotni qoʻllab-quvvatladi

© Facebook
Jamiyat
Havola olish
35901

Oʻzbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillyayeva Los-Anjelesdagi “Trevor loyihasi” tadbirida tushgan suratini bilan oʻrtoqlashdi.

TOSHKENT, 5 dek - Sputnik. Oʻzbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillyayeva turmush oʻrtogʻi Timur Tillyayev bilan birgalikda “Trevor loyihasi” (The Trevor Project) tashkilotining gala-kechasida ishtirok etdi.

The Trevor Projectning faoliyati lesbiyanka, gey, biseksual va transgender boʻlgan oʻsmirlar orasida oʻz joniga qasd qilishning oldini olishga qaratilgan. Loyiha oʻzining maxfiy bepul “Trevor hayot liniyasi” nomli telefon liniyasiga ega. Unda psixologlar yordamiga muhtoj boʻlgan LGBT-oʻsmirlarga anonim tarzda maslahat beradi. Shuningdek, loyiha ota-onalar va pedagoglar uchun tavsiyalar va materiallarni taqdim etadi.

Karimova-Tillyayevat tadbirda tushgan suratini Instagram sahifasida oʻrtoqlashdi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Lola Karimova-Tillyaeva (@lola_tillyaeva)

Los-Anjelesda boʻlib oʻtgan tashkilot uchun mablagʻ jamlash TrevorLIVE gala-kechasiga oʻzining noanʼanaviy jinsiy oriyentatsiyaga ega boʻlgan mashhur yulduzlar, jumladan, aktyor Djussi Smollet, rejissyor va prodyuser Rayan Myorfi va boshqalar tashrif buyurishdi.

“Trevor loyihasi” – 1998 yilda tashkil topgan Amerika notijorat tashkilotdir. Uning faoliyati noanʼanaviy jinsiy oriyentatsiyaga ega boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasida oʻz joniga qasd qilishni oldini olishga qaratilgan.  

Asosiy mavzular