16:38 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
1130 0 0

"Mazkur talablarni barcha maktab rahbarlariga yetkazishingizni hamda boshqarma boshliqlarini, tuman (shahar) xalq taʼlimi mudirlari va maktab rahbarlarini oʻqituvchilardan ortiqcha qogʻozbozlik, hisobotlar talab etishlariga chek qoʻyishlari haqida soʻnggi marta qatʼiy ogohlantiraman", deyiladi vazir yoʻllagan maktubda

TOSHKENT, 11 dek - Sputnik. Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatovning hududiy xalq taʼlimi boshqarma boshliqlariga "Shaxsan nazorat uchun" deb yoʻllagan xati ommaga eʼlon qilindi.

Shermatov ushbu xatni yoʻllashdan maqsadini - "hozirga qadar oʻqituvchilardan turli hisobotlar talab qilish davom etayotgani haqida xabarlar kelayotgani" bilan izohlagan.

Vazir xatda oʻqituvchilardan sinf jurnali, konspekt va yillik taqvim rejadan tashqari boshqa ortiqcha hujjat talab qilinishi va ular turli ishlarga jalb qilinishi taqiqlanishini yana bir bor eslatib oʻtgan.

Shuningdek, "...taʼlim maskanlarida oʻqituvchilarni turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar uchun hisobot, bayonnoma, (foto) albom tayyorlash, yoki sinf rahbarlarini oʻquvchilarning uylariga yuborish, ota-onalari bilan birga suhbat oʻtkazilganligi haqida fotosurat yoki hisobot talab etilishini, mahalliy hokimliklar tomonidan taʼlim muassasalari rahbarlari yoki oʻqituvchilarning har qanday majburiy mehnatga turli yigʻilishga, tadbirlarda zalni toʻldirish uchun "tomoshabin" sifatida jalb qilinishini taʼqiqlashini" taʼkidlab oʻtgan.

Xatda Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlaridan tashqari mahalliy hokimlik yoki turli tashkilotlar tomonidan tashkil etilayotgan hasharlarga pedagoglarni jalb etish va xodimlarning bir kunlik ish haqini tashkilotlarga oʻtkazib berishni ham taʼqiqlagan.

"Mahalliy hokimliklar, hududiy boshqarmalar tomonidan har xil nashrdagi gazeta va jurnallarga majburiy obuna, komunnal toʻlovlar uchun oylik ish haqidan olib qolinishini yoki boshqa noqonuniy badallar yigʻilishini qatʼiyan taqiqlayman", - deb xatda bayon etgan vazir.

Ushbu masalalar boʻyicha pedagoglar orasida tegishli tushuntirish ishlari olib borilishi, shikoyatlarni joylarga chiqqan holda oʻrganilishi aytilgan.

"Mazkur talablarni barcha maktab rahbarlariga yetkazishingizni hamda boshqarma boshliqlarini, tuman (shahar) xalq taʼlimi mudirlari va maktab rahbarlarini oʻqituvchilardan ortiqcha qogʻozbozlik, hisobotlar talab etishlariga chek qoʻyishlari haqida soʻnggi marta qatʼiy ogohlantiraman.

Bundan tashqari, Shermatov XTB rahbarlaridan Oʻzbekiston Bosh vazirining mahalliy hokimliklar tomonidan xalq taʼlimi xodimlarini majburiy mehnat, majburiy obuna va ommaviy hasharlarga jalb etilmasligi haqidagi 2018 yil 10 dekabrdagi 14/1-2774-sonli koʻrsatmasining ijrosini soʻzsiz taʼminlashlarini soʻragan.

 

Asosiy mavzular