O‘zbekiston temir yo‘llari Yangi yil chegirmalarini e’lon qildi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Temir yo‘llari Yangi yil bayrami arafasida pensioner va talabalarga 50 % dan, oilaviy sayohatchilarga - 30 %dan chegirmalar taklif qildi.

TOShKENT, 12 dek - Sputnik. O‘zbekiston Temir yo‘llari Yangi yil bayrami kunlarida tezurar va oddiy poyezdlarga chegirmalar e’lon qilindi, deb xabar qilmoqda O‘TY axborot xizmati.

“Chegirmalar Yangi yil bayramini munosib kutib olish va fuqarolarga dam olish kunlarida yurtimizning diqqatga sazovor joylariga sayohat qilib, maroqli hordiq chiqarishlariga imkoniyat yaratish maqsadida qabul qilingan Prezident farmoni asosida ta’sis etildi”, - deyilgan xabarda.

2018 yil 30-dekabrdan 2019-yil 3-yanvargacha mahalliy va tezurar “Afrosiyob” poyezdlariga quyidagi chegirmalar joriy etildi:

  • 50 % chegirma - pensioner, nogironlar, 1941-1945 yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shxslar uchun;
  • 50 % chegirma -  oliy o‘quv yurti talabalari;
  • 30 % chegirma – oilaviy (ikki yoki undan ortiq kishi - eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi va 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari, 18 yoshga to‘lmagan farzand ota yoki onasi bilan birga bo‘lganda) nikoh guvohnomasi va qarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda;
  • 20% chegirma - jamoa bo‘lib sayohatga chiqqan korxona va tashkilotlar xodimlari (4 kishi va undan ortiq buyurtma)ga, maktab, kollej, va litsey o‘quvchilariga;

Bayram oldi va bayram kunlari imkoniyati cheklangan shaxslar va jamoa bo‘lib sayohatga chiqqan korxona va tashkilotlar xodimlari uchun alohida chiptaxona faoliyat ko‘rsatadi.

Taqdim etilgan chegirmalar haqida ma’lumot olish uchun “O‘zbekiston Temir yo‘llari”  ma’lumotxonalari raqamlariga soat 08:00 dan 20:00 gacha qo‘ng‘iroq qilib bilish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0