22:04 22 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Jamiyat
Havola olish
42501

Golib Xoljigitov 2001 yilda Shimoliy Arizona Universiteti (AQSH), 2004 yilda Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti va 2012 yilda Garvard Universitetlarini (AQSH) tamomlagan.

TOSHKENT, 9 yanv – Sputnik. Oʻzbekiston prezidentining 7 yanvardagi qaroriga asosan Golib Ablaqulovich Xoljigitov Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining direktori – Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Golib Xoljigitov 1979 yilda tugʻilgan, maʼlumoti oliy,  moliyachi, iqtisodchi. 2001 yilda Shimoliy Arizona Universiteti (AQSH), 2004 yilda Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti va 2012 yilda Garvard Universitetlarini (AQSH) tamomlagan.

Moliya vazirligida ish faoliyatini 2001 yilda boshlagan. 

2004-2011 yillarda Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish ekspert guruhi rahbari, Markaz direktori vazifasini bajaruvchi va Markaz direktori.

2016-2018 yillarda UBS Global Wealth Management korporatsiyasining xususiy kapital va moliyaviy texnologiyalarni boshqarish masalasida avtomatlashtirish va robotlashtirish xizmatlarni joriy etish boʻyicha loyihalar menejeri (AQSH).

2018 yildan hozirgi kungacha Golib Xoljigitov Bank of America Merril Lynch korporatsiyasining moliyaviy texnologiyalar masalalari boʻyicha loyihalar menejeri (AQSH) lavozimida ishlagan.

Asosiy mavzular