08:55 22 Mart 2019
Efir
  • RUB129.09
  • EUR9488.13
  • USD8378.04
Protekayuщaya krovlya v odnom iz domov v Fergane

Oʻzbekiston yer uchastkalarini xususiylashtirishga ruxsat berdi

Foto / Bogdan Bubnyak
Jamiyat
Havola olish
1447 0 0

Hujjatga koʻra, xususiylashtirish ishlari mahalliy davlat hokimiyati organlari qarori bilan amalga oshiriladi. Oʻz yer uchastkasiga ega boʻlmoqchi boʻlgan fuqarolardan, shuningdek, Hukumat tomonidan belgilangan miqdorda pul toʻlash talab etiladi

TOSHKENT, 11 yanv - Sputnik. Yer uchastkalarini xususiylashtirishga ruxsat berildi. Bu haqda urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi prezident Farmonida aytilgan, deb xabar qildi "Huquqiy axborot" kanali.

Hujjatda Oʻzbekistonda urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari belgilandi.

Farmonga muvofiq, 2019 yil 1 iyuldan: 

- yuridik shaxslar bino va inshootlari, sanoat infratuzilmasi obʼyektlari joylashgan yer uchastkalarini xususiylashtirish huquqiga ega;

- jismoniy shaxslar yakka tartibda uy-joy qurish va turar joyga xizmat koʻrsatish uchun ajratilgan yer uchastkalarini xususiylashtirish huquqiga ega;

- xususiylashtirish mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan amalga oshiriladi;

- jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan xususiylashtirilgan yer uchastkalari xususiy mulk hisoblanadi va daxlsizdir;

Taʼkidlanishicha, xususiylashtirish faqatgina kadastr hujjatlari mavjud boʻlgan holda hamda Hukumat tomonidan belgilanadigan miqdorlarda pullik asosda amalga oshiriladi.

Asosiy mavzular