01:50 23 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30

Shavkat Mirziyoyev Germaniyada yashaydigan oʻzbekistonlik yoshlar bilan uchrashdi

© Foto: press-slujba prezidenta Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga tashrifi (15)
601 0 0

Prezident germaniyada oʻqiyotgan yoshlarga bilim va tajribalarini Oʻzbekiston rivojiga yoʻnaltirishni taklif qildi.

TOSHKENT, 21 yanv – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniyaga yetib keldi. Berlinda Shavkat Mirziyoyevni Germaniyada oʻqiyotgan bir guruh oʻzbekistonlik yoshlar katta xursandchilik bilan kutib oldi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Berlindagi Oʻzbekiston delegatsiyasi joylashgan qarorgoh oldida samimiy suhbat boʻlib oʻtdi. Shavkat Mirziyoyev oʻzbekistonlik yoshlarning oʻqish va ishlari, orzu-istaklari bilan qiziqdi.

– Rivojlangan davlatlar barcha sohalarga ilmiy yondashib natijaga erishgan. Biz ham juda katta izlanishdamiz. Butun harakatlarimiz dunyo bilan teng boʻlishga, xalqimizga munosib hayot yaratishga qaratilgan.  Islohotlarni sizdek ilgʻor yoshlar bilan birga amalga oshiramiz. Hamma oʻrgangan bilim, “nou-xau”laringni Oʻzbekistonning har bir sohasi intiqlik bilan kutyapti. Qancha koʻp bilimli boʻlsak, shuncha qudratli boʻlamiz,-  dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Prezident yoshlarni oʻqish va izlanishlarini muvaffaqiyatli tugatib, bilim va tajribalarini mamlakatimiz rivojiga yoʻnaltirishga taklif etdi.

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga rasmiy tashrifi 22 yanvarga qadar davom etadi.Tashrifning asosiy tadbirlari 21 yanvarga moʻljallangan. Oʻzbekiston prezidenti Berlinda Federal Prezident Frank-Valter Shtaynmayer, Federal kantsler Angela Merkel va Bundestag Raisi Volfgang Shoyble bilan uchrashuvlar oʻtkazadi.

Mavzu:
Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga tashrifi (15)

Asosiy mavzular