08:35 26 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Jamiyat
Havola olish
812 0 0

Tamaki chekishdan voz kechish, toʻgʻri ovqatlanish va koʻproq harakat qilish  - saraton kasalidan saqlanishning eng yaxshi uslubi.

TOSHKENT, 4 fev - Sputnik. Germaniya ilmiy-izlanish onkologiya markazi rahbari (DKFZ) Mixael Baumann aytishga qaraganda, saraton kasalidan saqlanishning eng yaxshi uslubi - tamaki chekishdan voz kechish, toʻgʻri ovqatlanish va koʻproq harakat qilishdir, RIA Novosti xabariga asosan.   

“Toʻgʻri ovqatlanish va yetarli darajada harakat qilish – saraton kasalini oldini olishning eng yaxshi uslubidir. Yana tamaki chekmaslik! Barcha saraton kasalliklarining 30 % tamaki chekish bilan bogʻliq”, - deydi mutaxassis.

4 fevral - har yili  dunyoda saraton kasaliga qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi. Ushbu kunning asosiy maqsadi – odamlarga saraton haqida koʻproq axborot berish, ogohlantirishdir.

Germaniya onkologiya markazi saratondan saqlanish uchun sogʻlom turmush tarzi olib borish, vaktsinatsiya qilish hamda saratonni imkon qadar oldinroq aniqlashni maslahat beradi.

Asosiy mavzular