19:34 28 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
336 0 0

Ichki ishlar vazirligi koʻngilochar savdo obʼyektlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida qaror loyihasini tayyorladi.

TOSHKENT, 4 fev – Sputnik. Ichki ishlar vazirligi “Koʻngilochar savdo obʼyektlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” hukumat qarori loyihasini tayyorlab, umumiy muhokamaga qoʻydi.

Qaror loyihasiga koʻngilochar savdo obʼyektlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari toʻgʻrisidagi nizom ilova qilingan.

“Nizom sutkaning tungi vaqtida faoliyat koʻrsatuvchi koʻngilochar savdo obʼyektlarida fuqarolarning hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkiga boʻlgan tahdidlarning oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishga, ularni qoʻriqlash-yongʻindan saqlash va xavf-xatar signalizatsiyalari vositalari hamda videokuzatuv tizimlari bilan jihozlashga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi”, - deyilgan qaror loyihasida.

Nizom qoidalari mulkchilik shakllaridan, sotuv hajmidan, inshootning oʻlchamidan va hokazolardan qatʼi nazar, sutkaning tungi vaqtida odamlarning dam olishlari va hordiq chiqarishlari bilan bogʻliq tovarlar va xizmatlarni sotishga moʻljallangan restoran, kafe, bar, klub, diskoteka, kinoteatr, kompyuter zallari, Internet tarmogʻidan foydalanish xizmatlarini koʻrsatish uchun jihozlangan xonalar va boshqa dam olish joylariga tatbiq etiladi.

Nizomda aytilishicha, koʻngilochar savdo obʼyektlarida xavfsizlikni taʼminlash va mol-mulkni qoʻriqlash boʻyicha xizmatlar shartnoma asosida ichki ishlar organlari
yoki qoʻriqlash faoliyati bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar tomonidan koʻrsatilishi mumkin.

“Koʻngilochar savdo obʼyektlarining maʼmuriyati va xodimlari:

jinoyat, maʼmuriy huquqbuzarlik, yongʻin, tabiiy ofat va boshqa favqulodda hodisalar sodir boʻlganda bu haqda darhol tegishli maxsus xizmatga xabar berishlari;

odamlarni qutqarish, ularga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, birlamchi yongʻin oʻchirish vositalari yordamida yongʻinni oʻchirish yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan choralar koʻrishlari;

jinoyat, maʼmuriy huquqbuzarlik izlarini, hodisa holatlarini saqlab qolish uchun zarur choralarni koʻrishlari;

obʼyektda paydo boʻlgan jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan
yoki qidirilayotgan shaxslar toʻgʻrisida darhol ichki ishlar organiga xabar berishlari shart”, - deyilgan hujjat loyihasida.

Asosiy mavzular