13:53 16 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Chelovek chitayuщiy molitvu

Xorijda vafot etgan mehnat migrantlarini vatanga qaytarishda yordam koʻrsatiladi

© Flickr/ Muhammad Rehan
Jamiyat
Havola olish
115 0 0

Bundan buyon Oʻzbekiston Mehnat vazirligi xorijda vafot etgan migrantlar jasadlarini vatanga qaytarishda yordam koʻrsatadi.

TOSHKENT, 10 fev – Sputnik. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xorijda vafot etgan mehnat migrantlari jasadlarini vatanga qaytarishda yordam beradi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati.

“Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan mehnat migratsiyasida boʻlib turgan va chet elda vafot etgan vatandoshlarimiz jasadini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelishda amaliy yordam koʻrsatiladi”, - deyilgan xabarda.

Agarda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan yaqin qarindoshingiz yoki tanishingiz bunday holatlarga tushib qolganligi va yordamga muhtojligi toʻgʻrisida maʼlumotga ega boʻlsangiz, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga quyidagi manzillar orqali murojaat qilishingiz mumkin:

Moskva shahri, 1-Kazachiy tor koʻchasi, 11/2, telefon raqami: +7-903-507-76-67.

Toshkent shahri, Olmazor tumani, Qamarniso koʻchasi, 1-uy, telefon raqami: +998-71-202-33-55.

Eslatib oʻtamiz, kecha Mehnat vazirligi Sankt-Peterburg shahri va Leningrad viloyatida fevral oyining boshida halok boʻlgan 2 nafar Oʻzbekiston fuqarolarini vataniga qaytarish uchun barcha tayyorgarlikni koʻrgani haqida xabar bergan edik. 

Asosiy mavzular