Shavkat Mirziyoyev 19-fevral kuni xalqaro anjumanda nutq so‘zlaydi

© Press-slujba prezidenta RUzPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyov vistupayet na mejdunarodnoy konferensii "Sentralnaya Aziya: odno proshloe i obshee budushee, sotrudnichestvo radi ustoychivogo razvitiya i vzaimnogo prosvetaniya" v Samarkande
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyov vistupayet na mejdunarodnoy konferensii Sentralnaya Aziya: odno proshloe i obshee budushee, sotrudnichestvo radi ustoychivogo razvitiya i vzaimnogo prosvetaniya v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda 19-20 fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan anjumanda 34 mamlakatdan 100 dan ortiq vakillar ishtirok etadi.

TOShKENT, 11 fev - Sputnik. Toshkentda 19-20-fevral kunlari Toshkentda “Markaziy Osiyoda o‘zaro mushtaraklik: tahdidlar va yangi imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda O‘zA.

"Anjumanda mintaqaviy hamkorlikning hozirgi holati va xavfsizlik, savdo, transport, suvdan foydalanish, ta’lim va ilm-fan sohalarida aloqalarni mustahkamlash masalalarini muhokama qiladilar", - deyilgan xabarda. 

Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, xalqaro anjuman ochilish marosimida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qutlov nutqini so‘zlashi kutilmoqda.

Konferensiya po obespecheniyu bezopasnosti i ustoychivogo razvitiya v Sentralnoy Azii - Sputnik O‘zbekiston
Samarqand anjumani va Mirziyoyev doktrinasi – xolis nazar

Ushbu xalqaro anjuman O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib undan 34 mamlakatdan 100dan ortiq vakillar ishtirok etadi.

Forumga hususan Afg‘oniston, AQSh,Belgiya, Buyuk Britaniya, Daniya, Eron, Germaniya, Gruziya, Hindiston,Isroil, Ispaniya, Italiya, Qozog‘iston, Kanada, Misr, Xitoy, Kuvayt, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Latviya, Malayziya, Niderlandiya, Pokiston, Polsha, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Tailand, Turkiya, Vengriya, Ukraina, O‘zbekiston, Finlyandiya, Fransiya, Shvetsiya, Yaponiya tahliliy markazlarning 100 dan ortiq vakillari taklif etilgan.

Tadbirda shuningdek, Yevropa Ittifoqi, Shimoliy kengash, Amerika davlatlari tashkiloti, Arktika maslahatlashuv kengashi mintaqaviy tuzilmalari, shuningdek, Jahon banki, Jahon savdo tashkiloti, Yevropa investitsion banki va boshqa xalqaro moliya institutlari vakillari ham ishtirok etadi.

Yangiliklar lentasi
0