10:51 25 Aprel 2019
Efir
  • RUB131.78
  • EUR9493.15
  • USD8441.36
Abdullayev Ixtiyor

Ixtiyor Abdullayev nima sababdan DXX raisi lavozimidan ozod etilgani maʼlum boʻldi

© Koordinatsionnыy sovet generalnыx prokurorov gosudarstv-uchastnikov sodrujestva nezavisimыx gosudarstv
Jamiyat
Havola olish
399610

Ixtiyor Abdullayev 2018 yil yanvar oxirida Rustam Inoyatov oʻrniga Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga tayinlagandi.

TOSHKENT, 11 fev – Sputnik. Ixtiyor Abdullayev Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Raisi lavozimida ishlab kelgan Abdullayev Ixtiyor Baxtiyorovich sogʻligi yomonlashgani tufayli oʻz arizasiga binoan (keyingi bir yilda boʻyin va bel umurtqa pogʻonasida ikki marta ogʻir jarrohlik amaliyotini oʻtkazgan) lavozimidan ozod etildi”, - deyilgan xabarda.

Ixtiyor Abdullayev 1966 yilda 22 may kuni Fargʻona viloyatining Uchkoʻprik tumanida tugʻilgan.

1985-1990 yillarda Perm davlat universitetida huquqshunos mutaxassisligi boʻyicha tahsil olgan.

2010 va 2015 yilda Oliy Majlis ikkinchi chaqiriq senat aʼzo boʻlib tayinlangan. 2015 yil 21 apreldan 2018 yil 31 yanvarga qadar Oʻzbekiston bosh prokuror lavozimida boʻlgan. Ixtiyor Abdullayev ikkinchi darajali adliya davlat maslahatchisi.

Abdullayev 2018 yil yanvar oxirida Rustam Inoyatov oʻrniga MXX raisi lavozimiga tayinlagandi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining farmoniga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri lavozimida ishlab kelgan general-leytenant Azizov Abdusalam Abdumavlanovich Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga tayinlandi.

Asosiy mavzular