18:57 23 Aprel 2019
Efir
  • RUB131.53
  • EUR9554.57
  • USD8455.37
Amerikanskaya belaya babochka

Amerika oq kapalagi – xavfli zararkunanda

© pestnews.ru
Jamiyat
Havola olish
508 0 0

Oʻzingiz yashaydigan hududda notanish xashoratning paydo boʻlganini koʻrsangiz, zudlik bilan karantin inspektsiyasiga xabar bering.

TOSHKENT,  11 fev – Sputnik. Amerika oq kapalagi – oʻta xavfli zararkunanda, deb ogohlantirmoqda Qoraqalpogʻistonning "Taxiatosh xabarlari" nashri.

Koʻrinishi oppoq va yumshoq boʻlsada, ushbu hashorat qishloq xoʻjaligiga juda katta zarar yetkazishi mumkin. U ayniqsa mevali daraxtlarni yaxshi koʻradi. Tut, olma, nok, oʻrik, gilos, yongʻoq, behi va boshqa 300 ga yaqin mevali hamda manzarali daraxtlar.

Bu hashoratning asl vatani Shimoliy Amerika hisoblanadi. Yevropa mamlakatlariga 1936 yilda oʻtib, Avstriya, Bolgariya, Vengriya, Ruminiya va boshqa davlatlarda, keyinchalik esa Yaponiyada ham paydo boʻlgan. Amerika oq kapalagi 1952 yilda Ukrainaning Zakarpat (Karpat orti) oʻlkasida paydo boʻldi. 1966 yilda Moldaviya xududiga oʻtgani qayd qilindi. Tez orada Shimoliy Kavkaz, Volga boʻyi va Kaspiy dengizining gʻarbiy qirgʻogʻidagi viloyatlarga tarqaldi. 

“Hozir zararkunanda hashoratning Markaziy Osiyoga oʻtishi, birinchi navbatda Turkmaniston va Oʻzbekistonga tarqalishi xavfi kutilmoqda”, -deb yozadi nashr.

Oʻzbekistonga, qolaversa, mintaqadagi davlatlarning qishloq xoʻjaligi, ayniqsa, ipakchilik sohasi va bogʻdorchilikka katta zarar yetkazish ehtimoli bor. Bu hashorat bizning iqlim sharoitimizga tez koʻnikib va moslashib ketishi bilan ham xavflidir. 

Kapalakning tashqi koʻrinishi oq rangda boʻlib, ipakdek tovlanib turadi. 8-10 kun hayot kechiradi. Tuxumi shorsimon, koʻkimtir rangda boʻladi. Kapalak daraxt barglari ostki tomoniga bir qator qilib, 300-500 tadan ortiq tuxum qoʻyadi. Tuxumning ustidan tukchalar bilan oʻraydi. Qurtlari 35-45 kun yashaydi. Yetilgan qurtlar daraxt poʻstloqlari ostida va toʻkilgan barglar orasida, yupqa pilla ichida gʻumbak ka aylanadi hamda gʻumbak davrida qishlab chiqadi. 

Ushbu xavfli zararkunandaning mamlakatimiz xududiga kirib kelmasligi uchun zarur karantin choralarini koʻrish talab etiladi. Sababi bu davlat ahamiyatiga molik muhim tadbir hisoblanadi. Agar, siz yashaydigan hududda notanish zararli xashoratning paydo boʻlishi aniqlansa, zudlik bilan karantin inspektsiyasiga xabar berishingizni iltimos etamiz.

Asosiy mavzular