02:13 23 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Nasiliye v semye

Oʻzbekistonda bir oyda 1,5 mingdan ortiq ayol zoʻravonlikdan jabr koʻrgan

© Flickr/ allnightavenue
Jamiyat
Havola olish
545 0 0

Respublika boʻylab 160 ta zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olish shelterlar tashkil etilgan.

TOSHKENT, 21 fev – Sputnik. Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi xabariga koʻra, yanvar oyi davomida respublika boʻylab zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olish Markazlariga (shelterlar) 1712 nafar ayol murojaat qilgan.

Shulardan 303 nafar ayolga tibbiy, 434 – psixologik, 377 – huquqiy yordam koʻrsatilgan. 271 nafar ayolning bandligini taʼminlashga koʻmak berilib, 99 nafariga kredit olib oʻz ishini boshlashiga yordam berilgan, 487 nafar ayolning oilasi yarashtirilgan.

Bugungi kunga qadar respublikada tashkil etilgan shelterlar soni 160 taga yetgan.

Oʻzbekistondagi ilk zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olish Markazi 2018 yildan boshlab respublikaning barcha hududlarida tashkil etilmoqda.

Bugungi kungacha markazlar tomonidan yuzlab ayollarga tegishli yordamlar koʻrsatildi.

Asosiy mavzular