19:16 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
Uborka zernovыx

30 yillardagi ochlik barcha millatlar uchun bir xil boʻlgan - Rossiya TIV

© Sputnik / Taras Litvinenko
Jamiyat
Havola olish
436 0 0

SSSR hududida 30 yillarida sodir boʻlgan ochlikdan 8 milliondan ortiq kishi vafot etgan.

TOSHKENT, 24 fev – Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vazirligi 1932-1933 yillarda sobiq SSSR hududida sodir boʻlgan ommaviy ochlik haqida rasmiy xabar tarqatdi.

“30 yillardagi ochlik – butun SSSR hududida, ommaviy ravishda sodir boʻlgan. Faqat alohida hududlar yoki aholi guruhlari uchun emas. U qattiq qurgʻoqchilik va hukumatning notoʻgʻri qarorlari oqibatida kelib chiqqan. Undan barcha respublikalar va millatlar zarar koʻrgan”, - deyilgan xabarda.

Rossiya TIVi xabarida aytilishiga koʻra, soʻnggi vaqtlarda Markaziy Osiyo axborot hududida 30 yillardagi ochgarchilikni yangicha tahlil qilishga qaratilgan urinishlar boʻlmoqda. Qandaydir kuchlar ushbu musibatni “mahalliy millatlarni  yoʻq qilishga qaratilgan genotsid” sifatida talqin qilishga urinmoqda.

"Bu Markaziy Osiyoning qardosh xalqlarida Rossiyaga qarshi kayfiyatlar uygʻotishga qaratilgan fitnadan boshqa narsa emas", - deyilgan Rossiya tashqi ishlar vazirligi xabarida. Shuningdek, vazirlik kelajkda mutaxassislar yordamida arxiv materiallarini oʻrganib tarixiy faktlarni batafsil eʼlon qilishni vaʼda bergan. 

RIA Novosti xabariga koʻra, oʻtgan asrning 30 yillarida sodir boʻlgan ochlikdan SSSR hududida 8 milliondan ortiq kishi vafot etgan. Undan Ukraina hududida - 4 millionga yaqin, Rossiyada  - 2,5 mln, Qozogʻistonda – 2 mln kishi. 

Asosiy mavzular