04:26 03 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
137 0 0

Mazkur olimpiada gʻoliblariga Rossiya OTMlarida ijtimoiy soha boʻyicha magistraturaga kirish imkoniyati berildi.

TOSHKENT, 6 mar - Sputnik. Rus tilini xorijiy til sifatida oʻzlashtirish darajasini tekshiruvchi xalqaro olimpiadada 25 ta davlatdan qatnashgan 100 dan ortiq talabalar orasida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti talabalari gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Bu haqda Oʻzbekiston oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Olimpiada onlayn tarzda ikki bosqichda oʻtkazilib, unda talabalarning rus tilida tinglab tushunish, soʻzlash va mantiqiy izchilikda bexato yozish koʻnikmalari sinovdan oʻtkazildi.

"Teng kurashlar ostida oʻtgan bilimlar bellashuvida ikkala guruhda ham mutlaq gʻoliblikni Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti talabalari Usmonova Nilufar va Mamarasulov Toliblar qoʻlga kiritishdi", - deyiladi xabarda.

Umumjamoa hisobida Oʻzbekistondan keyingi oʻrinlarni Suriya, Tojikiston, Afgʻoniston, Zambiya, Vyetnam va Misr vakillari qoʻlga kiritishdi. Tanlov gʻoliblarini tantanali taqdirlash marosimi ham onlayn rejimida oʻtkazildi. Barcha sovrindorlar nomi maʼlum qilinib, ularga gʻoliblik sertifikatlari va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Asosiy mavzular