23:08 21 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Jiteli poselka Gilan

Oʻzbeklar boshqa davlatlar aholisiga qaraganda erta qariyapti – tadqiqot

© Goskomturizma Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
1658 0 0

Britaniyaning The Lancet ilmiy jurnali turli mamlakatlardagi qarish belgilarining oʻrtacha yoshiga bagʻishlangan tadqiqot natijalarini eʼlon qildi.

TOSHKENT, 14 mar - Sputnik. Britaniyaning The Lancet ilmiy jurnali turli mamlakatlardagi qarish belgilarining oʻrtacha yoshiga bagʻishlangan tadqiqot natijalarini eʼlon qildi. Oʻzbekiston uchun bu 57 yoshni tashkil etdi.

Olimlar tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot natijalariga koʻra, keksayishning oʻrtacha yoshi 65 yoshni tashkil qiladi, ammo Oʻzbekistonda bu yosh ancha oldinroq keladi. Shunday qilib, respublika mamlakatlarning umumiy reytingida 183-oʻrinni egalladi.

Rossiyada ham qarish jarayoni oldinroq boshlanadi — 59 yoshda, yaʼni prezident tomonidan tayinlangan pensiya yoshidan bir yil oldin keladi.

Olimlar tomonidan oʻrganilgan davr 27 yilni tashkil qilgan —1990- yildan 2017 yilgacha.

Bundan tashqari, olimlar keksayishning eng kechi 76,1 yoshda Yaponiya va Shveytsariya aholisi orasida, shuningdek, Frantsiya va Singapurda — 76 yoshda ekanligini aniqlashgan.

Shuningdek, xammadan erta - Papua-Yangi Gvineya (45,6), Marshall orollari (51) va Afgʻoniston (51,6) aholisida keksayish alomatlari paydo boʻlishi aniqlangan.

Asosiy mavzular