09:44 23 May 2019
Efir
  • RUB131.06
  • EUR9439.00
  • USD8460.92
Plodoovoщnaya yarmarka v Tashkente

Oʻzbekistondan Qozogʻistonga anor olib kirish boʻyicha qoʻyilgan taqiq olib tashlandi

Sputnik / Stringer
Jamiyat
Havola olish
93 0 0

Bugundan eʼtiboran eksportchi tadbirkorlar Qozogʻistonga anorni fitosanitar nazoratdan oʻtkazib, eksport qilishlari mumkin.

TOSHKENT, 14 mar - Sputnik. Ostona shahrida “Oʻzdavkarantin” inspektsiyasi boshligʻi I. Ergashev bilan Qozogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari G.Isayev oʻrtasida uchrashuv oʻtkazildi. Bu haqda Oʻsimliklar karantini davlat inspektsiyasi matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda anor importiga qoʻyilgan cheklovni bekor qilish, shuningdek, karantin ostidagi mahsulotlarning fitosanitar holati, ikki mamlakat karantin xizmatlari oʻrtasida eksport va import qilinayotgan meva-sabzavotlarni fitosanitar koʻrikdan oʻtkazishda hamkorlikdagi nazoratni yanada kuchaytirish singari masalalar muhokama qilindi.

“Muzokaralar yakunida Qozogʻistonga Oʻzbekistondan anor olib kirish uchun oʻrnatilgan vaqtincha taqiq 14 martdan olib tashlanishiga erishildi”, - deyiladi xabarda.

Anor va zararli qurt: “Oʻzdavkarantin” Qozogʻiston taqiqi boʻyicha izoh berdi

Bugundan eʼtiboran eksportchi tadbirkorlar Qozogʻistonga anorni fitosanitar nazoratdan oʻtkazib, eksport qilishlari mumkin.

Eslati oʻtamiz, Qozogʻiston karantin xizmati 20 fevraldan Oʻzbekistondan anor olib kirishni vaqtincha taqiqlagan edi.

Asosiy mavzular