22:04 19 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Figuristka Tatyana Navka

Peskovning rafiqasi Oʻzbekistonda

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Jamiyat
Havola olish
110210

Humo Arena muz saroyining ochilish marosimiga mashhur figurachi Tatyana Navka tashrif buyurdi.

TOSHKENT, 15 mar – Sputnik. Humo Arena muz saroyining ochilish marosimiga tashrif buyurgan mashhur figurachi Tatyana Navka oʻzbekistonliklarga oʻzining samimiy tilaklarini bildirdi. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabar qildi.

“Butun Oʻzbekistonga avvalo baxt, salomatlik va muhabbat tilayman. Hamma konkiga, hamma sportga, degan boʻlardim. Barcha-barchaga sport bilan shugʻullanishni, sport zalga qatnashni tilayman. Chunki salomatlik – bu hayot, bu harakat, bu quvvat, bu ajoyib kayfiyat. Bu maqsadlar… Mening fikrimcha, sport odamlarni birlashtiradi va cheksiz pozitiv tuygʻularni baxsh etadi”, - dedi Tatyana Navka.

Aytgancha, Humo Arena muz saroyining ochilish marosimi oldidan oʻtkazilgan matbuot anjumanida Tatyana Navkaga mahalliy NAESMI rahbari tomonidan arena emblemasi tushirilgan zarhal chopon sovgʻa qilishdi. Choponni kiyib koʻrgan Navka oʻz xursandchiligi va hayratini yashirmadi. Hatto darhol Instagram sahifasiga joylashtirish uchun suratga ham tushdi.

“Bu oʻzbekona choponda oʻzimni qor malikasidek his qilyapman”, -  dedi u kulib jurnalistlarga.

Eslatib oʻtamiz,Humo Arena ochilish marosimi 15 mart kuniga belgilangan. Ochilish marosimida sovet va Rossiya sporti va estrada yulduzdari: Pavel Bure, Tatyana Navka, Aleksandr Yakushev, Filipp Kirkorov, Nikolay Baskov va Dima Bilan ishtirok etadi. Shuningdek, saroyning ochilish marosimiga prezident Shavkat Mirziyoyevning tashrif buyurishi ham kutilmoqda.

Asosiy mavzular