21:48 16 Iyun 2019
Efir
  • RUB131.33
  • EUR9652.52
  • USD8518.68
Jeleznodorojnыy sostav

Dehqonobodda temir yoʻllar qayta tiklandi

© Flickr / Nick Savchenko
Jamiyat
Havola olish
118 0 0

Dehqonobodda koʻchki oqibatida choʻkib qolgan temir yoʻllar qayta tiklanib poyezdlar qatnay boshladi.

TOSHKENT, 7 apr – Sputnik. Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida pasayib qolgan temir yoʻllar qayta tiklanib poyezdlar harakati yoʻlga qoʻyildi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston  temir yoʻllari.

“Ayni damda, shikastlangan temir yoʻlning ustki qismini tiklash va mustahkamlash ishlari yakunlandi va poʻlat izlar toʻliq tiklandi. Poyezdlar harakatlanishi yoʻlga qoʻyildi”, - deyilgan rasmiy xabarda.

FVV xabariga koʻra, 5-6 aprel kunlari boʻlib oʻtgan kuchli yogʻingarchilik tufayli Dehqonobod tumani hududidagi Oqrabot qishlogʻida koʻchki sodir boʻlgan va temir yoʻl izlari pasaygan. Shu sababli 56 vagondan iborat yuk poyezdi toʻxtashga majbur boʻlgan, ayrim vagonlar izidan chiqib ketgan. Ushbu hodisada fuqarolar zarar koʻrmagan. Temiryoʻl vagonlari ham shikastlanmagan.

Asosiy mavzular