23:32 23 Aprel 2019
Efir
  • RUB131.53
  • EUR9554.57
  • USD8455.37

"Savodxonlik bayrami": Toshkentda oʻtkazilgan "Ommaviy diktant" aktsiyasidan reportaj

Ramiz Baxtiyarov
Jamiyat
Havola olish
26040

Buyuk, qudratli va juda murakkab! Rus tilidan qay darajada bilimga ega ekanliklarini bugun dunyo boʻylab ikki yuz mingdan ziyod odamlar sinab koʻrdilar. Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrining oʻzida ushbu aktsiyada ishtirok etishni istaganlar soni mingdan oshdi va xohlovchilar uchun 7ta maydon hozirlandi

TOSHKENT, 13 apr - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Bu yilgi "ommaviy diktant" tadbiri - Rossiya tarixidagi eng keng koʻlamli tadbirga aylandi, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Chunki aktsiya bepoyon oʻlka - Rossiya sarhadlaridan tashqarida ham katta qiziqish qozona oldi. Oltita kontinent, 79ta davlatdan 200 mingdan ortiq ishtirokchilar bugun rus tilidan bilimlarini sinab koʻrdilar.

Dunyo boʻylab jami 2,6 ming maydon tayyor holatga keltirilgan boʻlsa, Oʻzbekistonda esa Toshkent, Namangan va Nukus shaharlarida hozirlangan maxsus maydonlarda ushbu aktsiyada bevosita ishtirok etish mumkin edi.

Sputnik Oʻzbekiston muxbirlari Toshkent shahridagi tayyor holatga keltirilgan 7ta maydonning biri - Alisher Navoiy nomidagi oʻzbek tili va adabiyoti universitetida boʻlib, ushbu aktsiyada bevosita ishtirok etdilar hamda bevosita tadbir ishtirokchilari bilan suhbatda boʻldilar.

Ramiz Baxtiyarov
Aktsiya "Totalnыy diktant" proshla v Tashkente

Diktant yozish uchun universitetga tashrif buyurganlar orasida maktab oʻquvchilaridan tortib, pensionerlargacha bor edi.

Ramiz Baxtiyarov
Aktsiya "Totalnыy diktant" proshla v Tashkente

Mendan oldinda roʻyxatdan oʻtish uchun navbatda turgan keksaroq yoshdagi ayoldan qiziqib soʻrayman: "Siz ham diktant yozishga keldingizmi?". "Albatta, oʻtgan yillari ham ishtirok etishni xohlagan edim, biroq nasib qilmagan edi. Bu yildan nafaqadaman, endi vaqt topa olaman, shu uchun bugun universitetga keldim. Savodimni sinab koʻrmoqchiman", dedi tabassum bilan suhbatdoshim.

Ramiz Baxtiyarov
V "Totalnom diktante" proshedshem v Tashkente uchastvovali i molodej i pensionerы

Operator Ramiz Baxtiyarov bilan Universitetda hozirlangan ikki auditoriyaning kattarogʻiga, 150 ishtirokchi toʻplangan zalga yoʻl olamiz. Toshkent vaqti bilan 13.00da muallif Pavel Basinskiyning bu yilgi ommaviy diktant uchun maxsus yozilgan matnini rus tili boʻyicha mutaxassis, filolog Elvina Aliyeva oʻqib eshittiradi.

Basinskiy tomonidan yozilgan matn, bir qarashda oson tuyulgani bilan, aslida punktuatsiya jihatidan ayyorona tuzilgan, qolaversa, rus tilini ikkinchi til sifatida oʻrganayotgan chet elliklar uchun matnda notanish soʻzlar ham uchraydi.

Toshkentlik Anton Rakitskiy "Ommaviy diktant" aktsiyasida 4 yildan beri qatnashib kelar ekan.

"Albatta, bu vaqt ichida diktant texnologiyasi menga tanish boʻlib qolgan. Shu bois, anʼanaga koʻra, aprel oyi kelishi bilan, navbatdagi bor oʻz savodxonligimizni sinab koʻrish uchun, "Ommaviy diktant" oʻtkaziladigan sana eʼlon qilinishini intiqlik bilan kutamiz", - deydi u.

Ramiz Baxtiyarov
Jitel Tashkenta Anton Rakitskiy uje chervertыy god podryad uchastvuyet v aktsii "Totalnыy diktant".

Anton bu yilgi diktant matni borasida fikr bildirar ekan, har safar matn eshitilganda, oson tuyulishini, ammo yozayotganda turli shubhalar yuzaga kelishini yashirmaydi.

"Aslida diktant matnini tuzadigan muallifning vazifasi ham shunda, yaʼni shunday murakkabliklarni yuzaga keltirish va matnga kiritishda, toki yozadigan odam fikrlab, albatta u qoʻygan masalaga javob topa olsin", - deydi u.

Yana bir ishtirokchi - Yulduzning aytishicha, ushbu savodxonlik aktsiyasida ikki yildan buyon ishtirok etib keladi.

Ramiz Baxtiyarov
Yulduz uje vtoroy god podryad uchastvuyet v aktsii "Totalnыy diktant"

"Menga bu loyihaning oʻzi juda yoqadi. Atrofga qarang - turfa yoshdagi odamlar bitta auditoriyaga jamlangan. Bu nihoyatda taʼsirli va ajoyib! Qolaversa, har safar bu gal nechchi olar ekanman, degan qiziqish ustun keladi. Hayotim davomida hech boʻlmaganda bitta "2"ni olishga ulgurishim kerak-ku", - deya kuladi suhbat yakunida suhbatdosh. Yulduzning aytishicha, bu yilgi matn oʻtgan yilgidan osonroq boʻlgan, suhbatdoshim oʻtgan yilgi diktant uchun olgan bahosini aytishni xohlamadi.

Darvoqe, bu yilgi "Ommaviy diktant" tadbiri Oʻzbekistonda mingdan ziyod ishtirokchilarni jalb eta oldi. Tashkilotchilarning aytishicha, aholi tomonidan rus tiliga boʻlgan qiziqishning tobora ortayotgani ularni juda xursand qildi.

Ramiz Baxtiyarov
Toshkentda diktant matnini oʻqib eshittirgan Elvina Aliyevaning aytishicha, ushbu aktsiyaga Oʻzbekistonda qiziqish tobora ortmoqda

Ushbu aktsiya yakuni taxminan bir oydan soʻng eʼlon qilinadi, gʻoliblar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadilar.

Asosiy mavzular