23:12 23 Aprel 2019
Efir
  • RUB131.78
  • EUR9493.15
  • USD8441.36

IIBB yoʻllarni harbiy vertolyotda nazorat qiladi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv
Jamiyat
Havola olish
312 0 0

Toshkent IIBB yoʻllarni vaqtincha harbiy vertolyotda nazorat qiladi. Keyinchalik ushbu maqsad uchun maxsus vertolyotlar sotib olinadi.

TOSHKENT, 14 apr – Sputnik. Ichki ishlar vazirligi yoʻllardagi vaziyatni nazorat qilish uchun vaqtincha Mudofaa vazirligining vertolyotidan foydalanadi, deb xabar qildi Uznews. 

“Vaqtincha Mudofaa vazirligining bir dona vertolyotidan foydalanish haqida qaror qabul qilindi. Kelajakda ushbu maqsadda foydalanish uchun ikkita ixtisoslashtirilgan vertolyotlar sotib olinadi”, - deyilgan xabarda.

Vertolyotning vazifasi yoʻllardagi vaziyatni nazorat qilish boʻladi. Shuningdek vertolyot yordamida yoʻllardagi probkalar bilan bogʻliq vaziyatni chuqurroq oʻrganish va monitoring qilish mumkin boʻladi.

“Bizda mavjud foto va video qayd etish tizimi asosan chorrahalarda oʻrnatilgan. Tepadan kuzatish imkoni paydo boʻlsa, biz vaziyatni yanada kengroq koʻrish imkoniga ega boʻlgan boʻlardik. Olingan maʼlumotlar asosida biz yoʻl infrastrukturasini va belgilar tizimini oʻzgaritirishimiz mumkin boʻladi”, - dedi IIBB boshligʻi oʻrinbosari Azizxon Umarxonov.   

Shuningdek, Umarxonov vertolyotning birinchi parvozi 11 aprel kuniga moʻljallanganini, lekin ob-havo sharoiti va boshqa tashkiliy masalalar boʻyicha keyinga qoldirilgani xabar qildi.

Asosiy mavzular