Toshkentdagi suv toshqinlarining sabablardan biri ma’lum qilindi

© Press-slujba xokimiyata TashkentaLikvidatsiya posledstviy navodneniya v Tashkente
Likvidatsiya posledstviy navodneniya v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yog‘ingarchilik oqibatlarini bartaraf etish uchun 50 dan ortiq maxsus texnikalar jalb etildi.

TOShKENT, 24 apr – Sputnik. Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati suv toshqinlarini oldini olib bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘rsida Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lumot berdi.

Likvidatsiya posledstviy navodneniya v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Suv toshqinlarini bartaraf etish uchun maxsus Shtab tashkil qilindi

Ta’kidlanishicha, suv toshqinlarining sabablaridan biri - bu drenaj tizimlariga tashlangan chiqindilardir.

“Toshkent shahar hokimligi xizmatlari tomonidan maksimal darajada ko‘chalar tozalanadi, biroq ayrim ariqlar, drenaj tizimlar butilka va boshqa chiqindilar bilan to‘planib qolmoqda”, - deb ma’lum qilindi matbuot xizmatida.

Hokimlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, 40 dan ortiq hududida yog‘ingarchilik oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirilib, ushbu tadbirlar uchun 50 dan ortiq maxsus texnikalar jalb etildi.

Yog‘ingarchilik miqdori uzluksiz va avvalgi yillarga nisbatan ko‘pligi munosabati bilan Shtab ishchi guruhi tuzildi.

Birinchi navbatda, avtomobillar serqatnov bo‘lgan yo‘llar va aholi gavjum hududlarni hamda bosqichma-bosqich ichki ko‘chalardagi toshqinlarni bartaraf etish ishlari yo‘lga qo‘yildi.

Shu bilan birga, Toshkent shahar hokimining o‘rinbosarlari boshchiligida shahar shtabi tashkil etilib, tuman hokimliklari va mutasaddi tashkilot rahbarlarining tunu-kun uzluksiz navbatchiligi yo‘lga qo‘yildi.

Yangiliklar lentasi
0