20:48 25 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Jamiyat
Havola olish
131 0 0

Fargʻona shahrida Ikkinchi jahon urushida matonat koʻrsatgan kishilarga ehtirom ramzi sifatida “Sharaf tasmasi”ni ulashish aktsiyasi oʻtkazildi.

TOSHKENT, 1 may – Sputnik. Fargʻona shahrida Ikkinchi jahon urushida matonat koʻrsatgan kishilarga ehtirom ramzi sifatida “Sharaf tasmasi”ni ulashish aktsiyasi oʻtkazildi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati Sputnik muxbiriga.

Fargʻona garnizoni harbiy xizmatchilari va viloyat Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda lentalar dastlab “Al-Fargʻoniy” nomidagi istirohat bogʻida va shahar markaziy dehqon bozorida tarqatildi.

Harbiy okrug Maʼnaviyat va maʼrifat markazi harbiy orkestri tomonidan ijro etilgan musiqa sadolari milliy bayroq ramzi tushirilgan “Sharaf tasmasi”ni aholi vakillariga ulashildi.

  • V Ferganskom garnizone proshla aktsiya «Lenta slavы»
    V Ferganskom garnizone proshla aktsiya «Lenta slavы»
    Press-slujba Minoboronы Uzbekistana
  • V Ferganskom garnizone proshla aktsiya «Lenta slavы»
    V Ferganskom garnizone proshla aktsiya «Lenta slavы»
    Press-slujba Minoboronы Uzbekistana
  • V Ferganskom garnizone proshla aktsiya «Lenta slavы»
    V Ferganskom garnizone proshla aktsiya «Lenta slavы»
    Press-slujba Minoboronы Uzbekistana
1 / 3
Press-slujba Minoboronы Uzbekistana
V Ferganskom garnizone proshla aktsiya «Lenta slavы»

Taʼkidlash joiz, mazkur aktsiya butun mamlakat boʻylab keng oʻtkazilib kelinmoqda.

Maʼlum qilinishicha, “Sharaf tasmasi”ni aholi vakillariga ulashish Qoʻqon shahridagi koʻngilochar savdo markazi hamda 12-sonli Mehribonlik uyida ham oʻtkazildi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq oʻzbek sanʼatkorlari va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi aʼzolari ishtirokida “Xotira — abadiy, qadr — muqaddas” nomi ostida “Sharaf tasmasi” targʻiboti boshlangani haqida xabar qilgan edik.

Asosiy mavzular