10:26 24 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Jamiyat
Havola olish
76310

Musulmonlar idorasi maʼlumotiga koʻra, 2019 yil muborak Ramazon oyining boshlanishi 6 may kuniga toʻgʻri keladi

TOSHKENT, 1 may - Sputnik. Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida Oʻzbekiston prezidenti qarori eʼlon qilindi, deb xabar qildi OʻzA axborot agentligi.

 Veruyuщiye na namaze v prazdnik Kurban-bayram vo dvore vozle Sobornoy mecheti Barnaula.
© Sputnik / Aleksandr Kryajev

Qaror "milliy va diniy qadriyatlarga boʻlgan hurmat va eʼtiborni yanada mustahkamlash, el-yurt uchun azaldan ezgulik, saxovat, mehr-muruvvat ramzi boʻlib kelayotgan muborak Ramazon oyini munosib oʻtkazish, ushbu oyda islom dinining tinchlik, bagʻrikenglik, shukronalik kabi olijanob gʻoyalari hamda insonparvarlik mohiyatini keng targʻib qilish maqsadida" qabul qilingan.

2019 yil muborak Ramazon oyining boshlanishi 6 may kuniga toʻgʻri kelishi aytib oʻtilgan.

Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari "Nuroniy" jamgʻarmasi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi va boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Ramazon oyini oʻzbek milliy anʼana va qadriyatlari ruhida har tomonlama munosib oʻtkazish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Bunda joylarda Ramazon oyining mazmun-mohiyatida mujassam boʻlgan insoniylik, maʼnaviy poklik, shukronalik fazilatlarini eʼzozlash, hozirgi tinch va farovon hayotning qadriga yetish, odamlarni bir-biriga yaxshilik qilish, ahil va hamjixat boʻlib yashashga daʼvat etadigan hamda ulgʻayib kelayotgan yosh avlodni ona Vatanga sadoqat, milliy va diniy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan maʼrifiy tadbirlar va targʻibot ishlarini tashkil etishga ahamiyat beriladi.

Shuningdek, muruvvat, ahillik va hamjihatlikni ulugʻlovchi ushbu fazilatli oyda ehtiyojmand va yordamga muhtoj oilalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, mahallalarda mehr-oqibat va oʻzaro hurmat muhitini mustahkamlash, buyuk allomalar, aziz-avliyolar ziyoratgohlarini, qabristonlarni obodonlashtirishga qaratilgan tadbirlar yanada kuchaytiriladi.

Asosiy mavzular