15:21 17 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Predsedatel Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan Nigmatilla Yuldashev

Nigʻmatilla Yoʻldoshev mehnat va bandlik vazirligi ishini tanqid qildi

© Sovet Federatsii Federalnogo Sobraniya Rossiyskoy Federatsii
Jamiyat
Havola olish
354 0 0

Senat raisini poytaxt bilan tutash boʻlgan hududda 16 mingga yaqin ish oʻrnining boʻsh turgani qattiq taajjubga soldi

TOSHKENT, 3 may - Sputnik. 3 may Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senatining oʻn toʻqqizinchi yalpi majlisida Senat raisi Nigʻmatulla Yoʻldoshev Mehnat va bandlik vazirligi faoliyatini tanqid ostiga oldi.

Yoʻldoshev Toshkent viloyatida qariyb 15 800ta ish oʻrni boʻsh turganiga eʼtibor qaratdi.

"Toshkent viloyatiga ham xos boʻlgan yana bir muammo aholi bandligini taʼminlash bilan bevosita bogʻliqdir. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan bu boradagi muammolarni kompleks hal etish boʻyicha taʼsirchan choralar yetarli darajada koʻrilmayotgani oqibatida viloyatda qariyb 15.800 ta ish oʻrni boʻsh turibdi. Poytaxt bilan tutash boʻlgan hududda shuncha ish oʻrnining boʻsh turganini mutasaddilar qanday izohlaydi?", - dedi Yoʻldoshev.

Eslatib oʻtamiz, yalpi majlis kun tartibiga 20 dan ziyod masala kiritilgan. Senatorlar 8 qonun va boshqa masalalarni koʻrib chiqishi kutilmoqda. Shuningdek, bu gal Toshkent viloyati hokimining hisoboti eshitiladi.

Asosiy mavzular