01:19 24 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.92
  • EUR9676.70
  • USD8624.51
Sotrudnik GAI

Yoʻl harakati qoidalarini buzgan haydovchilarga jarima ballari hisoblanadi

Sputnik
Jamiyat
Havola olish
27310

“Jarima ballarining bir yil davomidagi umumiy miqdori oʻn ikki yoki undan ortiq ballga teng boʻlgan taqdirda, transport vositasining haydovchisi yil yakuniga qadar transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi”, - deyilgan hujjat loyihasida.

TOSHKENT, 8 may – Sputnik. Ichki ishlar vazirligi “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” qonun loyihasini tayyorladi.

Unga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutilgan.

Xususan, 28-modda quyidagi mazmunda ikkinchi ‒ toʻrtinchi qismlar bilan toʻldiriladi:

“Transport vositasidan foydalanib sodir etilgan yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun transport vositasining haydovchisiga nisbatan jarima ballari hisoblanadi. Jarima ballarining bir yil davomidagi umumiy miqdori oʻn ikki yoki undan ortiq ballga teng boʻlgan taqdirda, transport vositasining haydovchisi yil yakuniga qadar transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi.

Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali aniqlangan qoidabuzarliklar haydovchiga jarima ballari berishga asos boʻlmaydi.

Transport vositasidan foydalanib sodir etilgan yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun transport vositasining haydovchisiga nisbatan jarima ballarini hisoblash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”.

Hujjat loyihasida 343-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etish taklif etilgan:

“Muayyan muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan yoki ov qilish huquqidan mahrum etilgan shaxs mehnatga halol munosabatda boʻlishi va namunali xulq-atvori bilan oʻzini koʻrsatgan taqdirda, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan holatlarni istisno etgan holda, unga nisbatan jazo qoʻllagan maʼmuriy sud bunday huquqdan mahrum qilish muddatini belgilangan muddatning kamida yarmi oʻtgach va sud tomonidan tayinlangan jarima toʻlangach, korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyatining iltimosi bilan qisqartirishi mumkin.

Ushbu Kodeksning 28-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan holatlarda oʻn ikki yoki undan ortiq jarima baliga teng yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan haydovchilarga nisbatan transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish muddati yoʻl harakati qoidalarini buzganlik sodir etilgan yil yakuniga qadar qisqartirilishi mumkin emas”.

Qonun loyihasiga koʻra, Vazirlar Mahkamasi tomonidan yoʻl harakati qoidalariga amal qilmaslik holatlarini jarima ballari asosida baholash tizimini joriy qilish toʻgʻrisida qaror loyihasini ishlab chiqiladi.

Asosiy mavzular