18:53 22 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Myaso

Faqat maxsus korxonalarda soʻyilgan hayvonlar goʻshti savdoga chiqariladi - yangi qonun

Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Jamiyat
Havola olish
94201

2019 - 2021 yilllar davomida Oʻzoʻbekistonning barcha hududlarida ixtisoslashtirilgan va mini soʻyish korxonalari tashkil etiladi. 

TOSHKENT, 11 may – Sputnik. Oʻzbekiston Hukumatining 8 may kuni qabul qilingan 386-sonli qaroriga asosan, hayvonot olamiga mansub mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqarish, saqlash va sotish boʻyicha yangi veterinariya-sanitariya norma va qoidalari tasdiqlandi.

Yangi qonunga koʻra, tijorat maqsadlarida hayvonlarni faqat ixtisoslashtirilgan soʻyish korxonalarida soʻyishga ruxsat berilgan.

“Hayvonlarni, tijorat maqsadlari uchun ixtisoslashtirilgan va mini soʻyish korxonalarida soʻydirish majburiydir. Ruxsat etilmagan joylarda, shu jumladan uy sharoitida hayvonlarni tijorat maqsadlarida soʻyish  qatʼiyan taʼqiqlanadi”, - deyilgan qaror matnida.

Shuningdek, yangi qonunga koʻra, quyidagi holatlarda goʻsht mahsulotlarini sotishga ruxsat berilmaydi:

  • soʻyilishi ixtisoslashtirilgan va mini soʻyish korxonalarida amalga oshirilmagan boʻlsa;
  • belgilanmagan transport vositalarida yetkazib berilgan boʻlsa;
  • veterinariya hujjatlari boʻlmasa;
  • ixtisoslashtirilgan soʻyish korxonasining F-200 shakldagi maʼlumotnomasi boʻlmasa;
  • veterinariya-sanitariya ekspertizasining xulosasi boʻlmasa;
  • oyoqlari va bosh qismi jun bilan birga boʻlsa, parrandalarning patlari yulinmagan boʻlsa;
  • xona yoki koʻcha haroratida ilgakka osilgan yoki yerga (ochiq rasta ustiga) ochiq holda qoʻyilgan boʻlsa;
  • veterinariya-sanitariya jihatidan xavfsizligi kafolatlangan goʻshtlarning yagona elektron bazasiga kiritilmagan boʻlsa.

Undan tashqari

Transport. Yangi qonunda goʻsht va goʻsht mahsulotlarini tashish uchun moʻljallangan transportlar poli, idishlari silliq va mahsulot xususiyatlariga hamda sogʻliqqa taʼsir qilmaydigan materiallardan tayyorlangan boʻlishi, tozalash va dezinfektsiya qilish uchun qulay boʻlishi kerakligi taʼkidlagan.

Sut. Sutning harorati qayta ishlash joyigacha tashish paytida va qayta ishlash boshlanishigacha 8°S boʻlishi kerak.Sut tsisternalari har safar sutdan boʻshatilganidan soʻng yuvilishi va dezinfektsiyalanishi lozim.

Baliq. Baliq ishlab chiqarish obʼyektlarida suv oʻtkazmaydigan, tozalash, dezinfektsiya qilish, suv oqib chiqishi uchun qulay pol qoplamalari, suv oqib chiqishini taʼminlovchi qurilmalar boʻlishi shart. Baliqchilik mahsulotlari toza sovutilgan suvda kema bortida uch kundan ortiq boʻlmagan muddatda saqlanadi.

Ixtisoslashgan soʻyish korxonlari 2019-2021 yillarda bosqichma-bosqich tashkil etiladi. Goʻsht va sut mahsulotlarini saqlash, tashish va sotishga qoʻyiladigan talablarning toʻliq roʻyxati bilan lex.uz saytidja joylashtirilgan qaror matni bilan toʻliq tanishish mumkin.

Asosiy mavzular