02:47 09 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
75510

Said-Abdulaziz Yusupov takroran firibgarlik jinoyati sodir etganlikda ayblanmoqda.

TOSHKENT, 12 may – Sputnik. Oʻzbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori Said-Abdulaziz Yusupov 10 may kuni qoʻlga olindi, deb xabar qilmoqda Daryo nashri Bosh prokuraturaga asosan.

Said-Abdulaziz Yusupovga Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 168-moddasida koʻzda tutilgan firibgarlik jinoyatida gumonlanmoqda. Unga nisbatan sudgacha qamoqqa olish  ehtiyot chorasini qoʻllash masalasi koʻrilmoqda.

“Yusupov oʻzini yolgʻondan Davlat xavfsizlik xizmati masʼul xodimi deb bildirib, uzoq vaqt davomida firibgarlik yoʻli bilan odamlardan juda katta miqdorda pul olganligi faktlari aniqlangan”, — deyiladi Bosh prokuratura axborotida.

Prokuratura xabarida aytilishiga koʻra,bu firibgarlik holati Yusupov tomonidan takroran sodir etilgan jinoyat hisoblanadi. U avval xam Jinoyat kodeksining shu moddasi boʻyicha jinoiy javobgarlikka tortilganligi aniqlangan.

Asosiy mavzular