08:44 12 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Uzbekskiye sumы

Oʻzbekistonda pensiyalarni tayinlash boʻyicha hukumat qarori loyihasi tayyorlandi

© Flickr / Chris Price
Jamiyat
Havola olish
399 0 0

Moliya vazirligi Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi tomonidan pensiyalarni tayinlashga doir hukumat qarori loyihasini tayyorladi.

TOSHKENT, 13 may – Sputnik. “Fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash uchun zarur hujjatlarni yigʻish jarayonini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi hukumat qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Hujjatga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida “Oʻzarxiv” agentligi hamda tarkibiy boʻlinmalari, shuningdek shaxsiy tarkibga oid hujjatlar saqlovi mavjud boʻlgan vazirlik va idoralarga elektron soʻrovnomalar yuborish va qabul qilish tizimi orqali amalga oshirilishi;

2020 yil 1 yanvardan boshlab tajriba tariqasida Davlat xizmatlari agentligining Toshkent shahri Bektemir, Yakkasaroy va Chilonzor tuman boʻlimlari orqali, 2020 yilning 1 iyuldan boshlab esa respublikaning barcha hududlarida joriy etilishi toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullash belgilangan.

Hujjat loyihasida aytilishicha, 2021 yil 1 yanvardan boshlab:

“a) davlat pensiyalarini tayinlashda fuqaroning ish staji mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar tomonidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining axborot tizimiga kiritilgan elektron maʼlumotlarga asosan hisoblanadi;

b) fuqarolarning ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlari:

2005-2015 yillardagi davr uchun - AT “Xalq banki”ning jamgʻarib boriladigan pensiya tizimiga majburiy badallar;

2016-2018 yillardagi davr uchun - Davlat soliq qoʻmitasining fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilgan sugʻurta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reyestri, 2019 yildan keyingi davr uchun esa - ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritish reyestri maʼlumotlari asosida tasdiqlanadi.

Ushbu davrlar uchun fuqarolarning mehnat stajini tasdiqlovchi qogʻoz shaklidagi maʼlumotlar talab qilinishi man etiladi”, - deyilgan qaror loyihasida.

 

Asosiy mavzular